Lemalar lot | Yigirma Uchinchi Lam`a | 15
(1-20)

Ham hikmatini va Rububiyyatini inkor ettiradigan bir tarzda maxluqotning ibodatlarini boshqalarga bermoqqa rozi bo’ladimi, bunga hech izn beradimi?

Va ham hadsiz bir darajada o’zini sevdirishni va tanittirishni harakatlari ila ko’rsatgani holda, eng mukammal maxluqotining shukr va minnatdorliklarini, muhabbat va ubudiyyatlarini boshqa sabablarga berish bilan o’zini unutdirib, koinotni yaratishdan ko’zlagan oliy maqsadlalarini inkor ettiradimi? Ey tabiatparastlikdan voz kechgan birodar! Endi sen gapir. U deydi: Alhamdulilllah, bu ikki shubham hal etildi, buning ustiga, Ilohiy Vahdoniyyatga doir va Ma’budi Bilhaq U ekaniga va Undan boshqalari ibodatga loyiq emasligiga bu qadar porloq va quvvatli ikki dalil ko’rsatdingki, ularni inkor etish quyoshni ea kunduzni inkor etish kabi bir kibrlilikdan dalolatdir.

Xotima

 

Tabiatga aloqador kufroniy fikrini tark etgan va iymonga kelgan zot bunday deydi: Alhamdulillah, mening shubhalarim qolmadi. Faqat, o’zimni qiziqtirayotgan bir nechta savolim bor.

Birinchi savol. Ko’p tanballardan va namozni tark etgan kimsalardan eshitamiz, ular bunday deydilar: Janobi Haqning bizning ibodatimizga nima ehtiyoji borki, ibodatni tark etganni Qur’onda juda qattiq va izchillik bilan jahannam kabi dahshatli bir jazo ila qo’rqitadi. Ahamiyatsiz bir kichik xatoga ham shunchalik hattiq tahdid qilish o’rtacha va barqaror va adolatli bo’lgan qur’oniy ifodaga hech yarashadimi?

Al-javob. Ha, Janobi Haq nafaqat sening ibodatingga, balki hech bir narsaga muhtoj emas, ibodatga faqat sen o’zing muhtojsan, chunki sen ma’nan xastasan. Ibodat esa ma’naviy yaralaringga malham hukmida ekanini ko’p risolalarda isbot etganmiz. Ajabo, shafqatli bir hakim uning xastaligiga nafi tegadigan darmonlarni ichirish uchun zo’rlashiga qarshi u xasta hakimga: "Meni bunchalar tirishib davolayapsan, bundan senga nima foyda bor?" desa, uning so’zlari naqadar ma’nosiz ekanini anglaysan.

Ammo ibodatni tark qilganni Qur’onning qattiq qo’rqitishlari va dahshatli jazolar masalasiga kelsak, bu shunga o’xshaydiki, bir podshoh fuqarosining huquqini muhofaza etish uchun fuqarosining huquqiga zarar bergan oddiy bir odamni uning xatosiga nisbatan qattiqroq jazoga yo’liqtiradi. Demak, ibodatni va namozni tark etgan odam Azal va Abad Sultonining fuqarosi hukmida bo’lgan barcha mavjudotning huquqiga katta bir tajovuz va ma’naviy bir zulm o’tkazadi. Chunki Mavjudotning kamoli Soni’ga qaratilgan yuzlarida tasbih va ibodat ila namoyon bo’ladi. Ibodatni tark etuvchi kimsa mavjudotning ibodatini ko’rmaydi va ko’rolmaydi, balki inkor ham etadi. Va bu bilan ibodat va tasbih masalasida yuksak maqomli, har biri bittadan maktubi Samadoniy va bittadan Rabboniy ismlar oyinasi bo’lgan mavjudotni oliy maqomlaridan tushiradi va ahamiyatsiz, vazifasiz, jonsiz, parishon bir vaziyatda qabul etib, mavjudotni taxqirlaydi. Kamolotini inkor etadi va unga xavf soladi.

Аудио мавжуд эмас