Lemalar lot | Yigirma Uchinchi Lam`a | 12
(1-20)

Al-xosil. Tabiiyyunlarning mavhum va haqiqatsiz "tabiat" degan narsalari xorijiy haqiqat sohibi bo’la olsa, juda nari borganda, bir san’at bo’lar. Soni’ bo’la olmas. Bir naqshdir, Naqqosh bo’la olmas. Ahkomdir, Hokim bo’la olmas. Bir fitriy shariatdir, Shari’ bo’la olmas. Maxluq - bir izzat pardasidir, Xoliq bo’la olmas. Munfa’il bir fitratdir, Fotir va Foil bo’la olmas. Qonundir, Qudrat emasdir, Qodir bo’la olmas. Mistardir, masdar bo’la olmas...

Al-xosil. Modomiki mavjudot bor ekan, O’n Oltinchi Ishoraning boshida aytilgani kabi, mavjudning borligiga aqliy taqsim bilan to’rt yo’ldan boshqa yo’l xayol qilinmas. Ul to’rt yo’ldan uchtasining botil ekanligi qat’iy bir suratda, har biri uch zohir mahollar bilan isbot etildi. Albatta, to’rtinchi yo’l bo’lgan vahdat yo’li bizzaruriyya va bilbadoha qat’iy bir suratda isbotlandi. Bu to’rtinchi yo’l risolaning boshida keltirganimiz:

 اَفِى اللهِ شَكٌّ فَاطِرِ السَّموَاتِ وَاْلاَرْضِ  oyati karima orqali shaksiz va shubhasiz, oshkora tarzda Zoti Vojibul Vujudning Uluhiyyatini va har narsa to’g’ridan-to’g’ri Uning dasti qudratidan yuzaga kelganini va osmon va yer Uning qabzayi tasarrufida ekanini ko’rsatadi...

Ey sabablarga va tabiatga topingan bechora odam! Modomiki har narsaning tabiati har narsa kabi maxluqdir, chunki ular san’atlidir va yangilanib turadi... ham har musabbab kabi zohiriy sababida masnu’dir va modomiki har narsaning mavjudligi juda ko’p jihoz va asbob-uskunaga muhtojdir, u holda u tabiatni ijod etgan va u sabablarni yaratgan bir Qodiyri Mutlaq bor! Va ul Qodiyri Mutlaqning qanday ehtiyoji bordirki, ojiz sabablarni o’zining Rububiyyatiga va ijodiga sherik qilsin! Xosho....Balki to’g’ridan-to’g’ri musabbabni sabab bilan birga yaratib, ismlarining jilvasini va hikmatini ko’rsatish uchun bir tartib va tanzim ila zohiriy bir sababiyyat, bir yaqinlik ko’rsatish ila narsalardagi zohiriy qusurlarga, marhamatsizliklarga, nuqsoniyyatlarga markaz bo’lish uchun sabablarni va tabiatni o’zining qudrat qo’liga parda qilgandir va izzatini shu shaklda muhofaza etgandir. Ajabo, bir so-atsoz avval soatning murvatlarini yasasada, keyin soatning murvatlarini tartib bilan tuzatsa, shunisi unga qulaymi yoki favqulodda bir uskunani u murvatlar ichida yasab, keyin soatning yasalishini u uskunaning jonsiz qo’llariga topshirsa - bu ko’proq qulaymi? Ajabo, bu imkondan tashqaridagi ish emasmi? Qani, u insofsiz aqling bilan sen ayt-chi... Sen o’zing hukm qil! Va yoki, deylik, bir kotib siyoh, qalam, qog’oz keltirdi. Ular yordamida shaxsan o’zi ul kitobni yozsa qulayroqmi yoki u qog’oz, siyoh, qalamning ichida u kitobdan yanada san’atli, yanada zahmatli, faqat u kitobgagina maxsus bo’lgan bir yozuv uskunasini ijod etib, keyin ul ongsiz uskunaga: "Qani, sen yoz!*' deb aytsa va o’zi aralashmasa - bu unga qulayroqmidir? Ajabo, yuz karra yozishdan ham yanada mushkul emasmi bu?

Аудио мавжуд эмас