Lemalar lot | Yigirma Uchinchi Lam`a | 11
(1-20)

Biz ham aytamizki:

Ey ahmoqul humaqodan ham ahmoqlashgan sarxush ahmoq! Boshingni tabiat botqoqligidan chiqar, orqangga nazar sol. Zarralardan sayyoralargacha bo’lgan butun mavjudot ayri-ayri zabonlar ila bir Soni’i Zuljalol bo’lgan ul Zotning vujudiga shahodat etganlari va barmoqlari ila ishorat etganlarini ko’r va u saroyni qurgan va u daftarda saroyning dasturini yozgan Nahhoshi Azaliyning jilvasini tomosha hil, farmonga boq, Qur’onini tingla. U bema’ni so’zlardan xalos bo’l!..

Ikkinchi misol. G’oyat vahshiy bir odam muhtasham bir askariy doiraga kirdi, deylik. G’oyat muntazam bir lashkarning umumiy, birgalikdagi ta’limlarini, muntazam harakatlarini ko’radi. Bir askarning harakati bilan bir qism, bir guruh, bir firqa turadi, o’tiradi, yuradi; Bir "O’t och!" amri ila o’t ochganliklarini o’z ko’zi bilan ko’radi. Uning dag’al, vahshiy aqli davlatning nizomoti bilan va podshohiy qonuni bilan bir qo’mondonning buyrug’ini anglamasdan inkor etgani uchun ul askarlar birbirlari birla iplar bilan bog’liq bo’lsalar kerak, deb xayol qiladi. U xayoliy ip naqadar favqulodda bir ip ekanini fikr qiladi, hayratda qoladi. So’ngra ketadi. "Avliyo Sofiya" kabi g’oyat muazzam bir jome’ga Juma kuni kirib boradi. U jamoati muslimiynning bir odamning ovozi ila turib, egilib, sajda qilib, so’ng o’tirishlarini o’z ko’zi bilan ko’radi. Ma’naviy va samoviy qonunlarning majmuidan iborat shariatni va shariat sohibining amrlaridan kelgan ma’naviy dasturlarni anglamagani uchun u jamoatni ham moddiy iplar bilan o’zaro bog’langan va u g’alati iplar ularni asir etib, o’ynatyapti, deb xayol qiladi va eng vahshiy inson suratidagi jonivor hayvonlarni ham kuldiradigan darajada masxarali bir fikri bilan chiqib ketadi...Xuddi mana shu misol kabi, Azal va Abad Sultonining sonsanoqsiz askarlari joylashgan muhtasham bir askariy doira bo’lgan shu olamga va u Ma’budi Azaliyning intizomli bir masjidi bo’lgan shu koinotga g’irt vahshatdan iborat inkorli tabiat fikriga ega bo’lgan bir munkir kiradi. Ul Sultoni Azaliyning hikmatidan yuzaga kelgan koinot nizomotining ma’naviy qonunlarini moddiy jism deb tasavvur etib va Rububiyyat saltanatining e’tiboriy qonunlari va u Ma’budi Azaliyning eng buyuk fitriy shariatining ma’naviy va yolg’iz ilmiy vujudi jamlangan ahkomlarini va dasturlarini biron tashqi borliq va moddiy biron jism suratida xayol etib, Ilohiy qudratning o’rniga ul ilm va kalomdan yuzaga kelgan va yolg’iz ilmiy borlig’i bo’lgan u qonunlarni ul Ilohiy qudratning o’rniga qo’yish va qo’llariga ijod imkonini berish, key-in esa ularga "tabiat" ismini berish va yolg’iz bir Rabboniy qudratning jilvasi bo’lgan bir quvvatni bir qudrat sohibi va mustaqil bir qodir deb qabul etish misoldagi vahshiylikdan ham ming karra tuban bir vahshatdir...

Аудио мавжуд эмас