Bir odam bir podshohga askarligi va yoki ma’muriyati tarafidan bog’lansa, u ma’mur va ul askar u bog’liqlikning quvvati bilan shaxsiy quvvatidan yuz ming marta ortig bo’lgan ko’p ishlarga ham vasila bo’la oladi. Va ba’zan podshohi nomidan bir shohni asir oladi. Chunki bajargan ishlarining, qilgan asarlarining jihozoti va quvvati o’zining zimmasida bo’lmaydi, balki u quvvat va jihozot ul bog’liqlik tufayli podshohning xazinalari va orqasidagi tayanch nuqtasi bo’lgan lashkarlarining zimmasida bo’ladi. Demak, bajargan ishlari shohona o’laroq bir podshohning ishi kabi va ko’rsatgan asarlari bir lashkarning asari kabi xoriqo bo’la oladi. Ya’ni, chumoli o’shanday amr tufayli Fir’avnning saroyini xarob etadi... Pashsha u bog’liqlik tufayli Namrudni aqldan ozdiradi. Va shul bog’liqlik tufayli bug’doy donasicha keladigan bir archa gulining urug’i kattakon archa daraxtining butun jihozotini yetishtiradi.
Agar ul bog’liqlik kesilsa, ul ma’muriyatdan chetlatilsa, qiladigan ishlarning jihozotini va quvvatini belida va bilagida ko’tarib yurishga majburdir. U holda uning kichkinagina bilagida joylashgan quvvati miqdorichalik va belidagi askariy jihozoti sonichalik ish bajara oladi.
*2 Ha, agar bog’liqlik bo’lsa, u urug’ taqdiri ilohiydan bir amr oladi va u favhulodda ishlarga sazovor bo’ladi. Agar u bog’liqlik uzilsa, u urug’ning yaratilishi kattakon archa daraxtining yaratilishidan ham ziyoda jihozot va iqtidor va san’atni iqtizo hiladi. Chunki tog’dagi qudrat asari bo’lgan mujassam archa daraxti butun a’zolari va jihozoti ila u urug’dagi taqdir asari bo’lgan ma’naviy daraxtda mavjud bulishiga to’g’ri keladi. Chunki u kattakon daraxtning gohi ul urug’dir. Ichidagi taqdiri daraxt qudrat ila tashqarida namyon bo’ladi, jismoniy archa daraxti vujudga keladi.
Avvalgi vaziyatda g’oyat qulaylik bilan bajargan ishlarini bu vaziyatda undan bajarish istanilsa, albatta, bilagiga bir lashkar quvvatini va beliga bir podshohning harbiy jihozot tazgohining ishini yuklashi lozim bo’lurki, bu xayoldan azbaroyi kuldirish uchun telba-teskari xurofot va masallarni hikoya qiladigan masxarabozlar ham uyaladilar!..
Al-xosil. Har mavjudni Vojibul Vujudga bermoqlikning vujub darajasida bir qulayligi bor va yaratilishini tabiatga bog’lash qabul etilmas darajada mushkul va aqldan uzoqdir.