Lemalar lot | Yigirma Uchinchi Lam`a | 6
(1-20)

Uchinchi mahol. Agar sening vujudyng Vohidi Ahad bo’lgan Qodiyri Azaliyning qalami bilan yozilgan bir maktub bo’lmasa va, aksincha, tabiatga, sabablarga mansub matbu’ bo’lsa, u holda sening u vujudingdagi tan hujayrangdan tortib, to birbirining ichiga kirgan doiralar kabi minglarcha murakkabot sonicha tabiat qoliplari lozim bo’ladi. Chunki, masalan, bu qo’limizdagi kitob agar yozilgan bo’lsa, kotibining ilmiga tayangani holda, bir dona qalam undagi hamma narsani yozadi. Agar u yozilgan bo’lmasa va Uning qalamiga nisbat berilmasa, o’zidan-o’zi bo’lgan deyilsa va yoki tabiatga nisbat berilsa, u holda kitobni chop etish uchun uning har bir harfiga bittadan temir qalam lozim bo’ladi. Bosmaxonada shunday. U yerda kitobdagi harflar adadi qancha bo’lsa, shuncha miqdorda temir xarf bo’ladi va shundan so’nggina u kitob harflari vujudga keladi. Demak, bir dona qalam o’rniga u harflarning sonicha qalamlar bo’lishi kerak. Balki bu harflar ichida, ba’zan bo’lgani kabi, kichik qalamda nozik xat bilan bitta katta harf bir sahifa qilib yozilgan bo’lsa, birgina u harfni yozish uchun minglarcha halam lozim keladi. Balki birbirining ichiga kirib, muntazam bir vaziyatla sening jasading kabi bir shakl olayotgan bo’lsa, u holda har bir qatorda har bir juz’ uchun u murakkabot sonichalik qoliplar lozim bo’ladi. Mayli, yuz mahol ichida bo’lgan bu tarzni mumkin desang ham, bu muntazam san’atli temir harflarni va mukammal qoliplarni va qalamlarni yasash ishi boshqa birgina qalamga berilmasa, u qalamlar, u qoliplar, u temir harflarning yasalmog’i uchun ularning sonichalik yana qalamlar, holiplar va harflar lozim. Chunki ular ham yasalgandirlar va ular ham muntazam san’atlidirlar. Va hokazo... bu ish silsila kabi cheksiz davom etaveradi.

Xullas, sen ham angla! Bu shunday bir fikrdirki, u sening zarralaring son-sanog’ichalik mahollar va xurofotlar ichidadir. Ey qaysar muattil, sen ham uyal, bu zalolatdan voz kech!

UCHINCHI KALIMA - "Iqtazothut tabiat". Ya’ni, tabiat iqtizo etmoqda, tabiat yaratmoqda, demak. Bu hukmning ham ko’p mahollari bordir. Namuna uchun uchtasini zikr etamiz.

Birinchi mahol. Agar mavjudotda, xususan, jonzotlarda ko’ringan basirona, hakimona bo’lgan san’at va ijod Shamsi Azaliyning qadar va qudrat qalamiga nisbat berilmasa, aksincha, ko’r, garang, tushunchasiz bo’lgan tabiatga va quvvatga nisbat berilsa, tabiat bir narsani ijod etishi uchun u narsalarda hadsiz ma’naviy uskuna va bosmaxonalarni bunyod etishi va yana u narsalarni ijod etishi uchun koinotni yaratadigan va idora etadigan bir qudrat va hikmatni o’z ichiga olishi lozim bo’ladi. Chunki quyoshning jilvalari va akslari yer yuziga sochilgan shisha zarralarida va qatralarida qanday ko’rinsa va agar u misoliy va aksiy quyoshchalar osmondagi yolg’iz quyoshga bog’lanmasa, bir gugurt cho’pining uchidan ham kichik shisha zarrasida tabiiy, fitriy bo’lgan va quyoshning xosiyatlariga ega, ko’rinishidan kichik va ma’nan juda chuqur bir quyoshning tashqariga oid bo’lgan borlig’ini qabul etib, shisha zarralarining sanog’icha tabiiy quyosh mavjud deb qabul qilmoqqa to’g’ri keladi. Aynan bu misol kabi mavjudot va jonzot to’g’ridan-to’g’ri Shamsi Azaliy ismlarining jilvasiga nisbat berilmasa, har bir mavjudda, xususan, har bir jonlida hadsiz bir qudrat va iroda va nihoyasiz bir ilm va hikmatga ega bo’lgan bir tabiati, bir quvvati, xuddi ichida bir iloh bo’lganini qabul etishga to’g’ri keladi. Bunday fikrlash tarzi esa koinotdagi mahollarning eng botili, eng xurofotidir. Koinot xoliqining san’atini mavhum, ahamiyatsiz, shuursiz bir tabiatdan deb bilgan inson, albatta, yuz karra hayvondan ham hayvon hamda shuursiz ekanini ko’rsatadi.

Аудио мавжуд эмас