Lemalar lot | Yigirma Uchinchi Lam`a | 3
(1-20)

Birinchi mahol. Bir dorixonada yuzta shisha idishda g’oyat turli xil moddalardan tayyorlangan dori-armon bor va ulardan jonli ma’jun tayyorlash istanildi, deylik. Ham ulardan hayotbaxsh xoriqo bir tiryoq tayyorlash lozim bo’ldi. Keldik, u dorixonada u jonli ma’junning va hayotbaxsh tiryoqning juda ko’p turlarini ko’rdik. U ma’junlarning har biridan bir maxsus o’lchov bilan bir-ikki dirham bundan, uch-to’rt dirham keyingisidan, olti-yetti dirham boshqasidan va hokazo turli-tuman miqdorlarda dorilar olingan... Agar biridan bir dirham yo kam va yoki ortiq olinsa, u ma’jun zihayot bo’la olmaydi, xosiyatini ko’rsata olmaydi. Hamda u hayotbaxsh tiryoqni ham tadqiq etdik. Har bir idishdan maxsus bir o’lchov bilan bir modda olinganki, zarra miqdorichalik kam va yoki ziyoda bo’lsa, tiryoq xossasini yo’qotadi. U idishlar adadi ellikdan ziyod, har birisidan alohida bir mezon bilan moddalardan olingan, bundan tashqari, yana ayri-ayri miqdorda dorilardan ham bir qism olingan. Ajabo, hech qanday jihatda imkon va ehtimol bormiki, shisha idishlarga g’arib bir tasodif va yoki to’fonli bir havoning urilishi natijasida idishlar qimirlab, faqat jonli ma’jun va hayotbaxsh tiryoq uchungina lozim bo’lgan miqdorlar oqib tushsin?! So’ngra u oqib tushgan miqdorlar birbiri bilan aralashsinda, qo’shilib, u ma’junni tashkil etsinlar?! Ajabo, bundan ham xurofot, mahol, botil bir taxmin bormi? Eshak ikki karra eshak bo’lsa va keyin u insonga aylansa., lekin hatto o’sha ham "Bu fikrni qabul etmasman", deya qochajakdir.

Xullas, bu misoldan ko’rindiki, har bir zihayot albatta jonli bir ma’jun bo’lgani kabi, har bir o’simlik ham dorilar qismidan, ko’p turli xil moddalar ichidan g’oyat hassos bir o’lchov bilan olingan moddalardan tarkib etilgan hayotbaxsh bir tiryoq kabidir. Agar bu ishlar sabablarga, moddalarga yuklansa va "sabablar ijod etdi", deyilsa, bu fikr xuddi dorixonadagi shishalarning qo’zg’alishidan ma’jun vujudga keldi, degan gapdek aqldan yuz daraja uzoq, mahol va botildir.

Al-xosil. Bu olamning eng buyuk bir dorixonasida Hakiymi Azaliyning qazo va qadar mezoni bilan olingan hayotiy moddalar hadsiz bir hikmat va nihoyasiz bir ilm va har narsani o’z ichida jamlagan bir iroda ila vujudga kela oladi. Aksincha, bular "ko’r, garang, hududsiz, sel kabi oquvchi unsurlarning va tabiatlarning va sabablarning ishidir", degan badbaxt, "u ajib tiryoq shishalarning qimirlashi natijasida o’zidan-o’zi paydo bo’lgandir", degan telba bir bema’ni, sarxush bir ahmoqdan ham battar ahmoqdir. Ha, u kufr ahmoqona, sarxushona, devonalarcha bir bema’nilikdir.

Аудио мавжуд эмас