Lemalar lot | Yigirma Uchinchi Lam`a | 4
(1-20)

Ikkinchi mahol. Agar har narsa Vohidi Ahad bo’lgan Qodiyri Zuljalolga berilmasa, balki sabablarga berilsa, olamning juda ko’p unsurlari va sabablari har bir jonlining vujudga kelishiga aralashmog’i lozim bo’ladi. Holbuki, pashshadek bir kichik maxluqning vujudga kelishida ham mukammal intizom ila g’oyat hassos bir mezon va to’liq bir ittifoq bilan turli-tuman va birbiriga zid va farqli bo’lgan sabablarning bir yerga to’planishi shunchalik ochiq bir maholdirki, pashshaning qanoticha shu-uri bo’lgan odam: "Bu maholdir, bo’lishi mumkin emas deyajakdir. Ha, bir pashshaning kichkinagina jismi koinotnyng juda ko’p unsurlari va sabablari bilan aloqadordir. Balki bir xulosasidir. Agar bu ishlar Qodiyri Azaliyga berilmasa, bu moddiy sabablar pashshaning vujudi yonida shaxsan o’zi hozir turishi, balki uning kichkinagina jismiga kirishi kerak bo’ladi. Balki jismining kichik bir namunasi bo’lgan ko’zidagi bir hujayrasiga kirishiga to’g’ri keladi. Chunki sabab moddiy bo’lsa, musabbabotning yonida va ichida turishi lozim bo’ladi. Shunday holda ikki pashshaning igna uchidek barmoqlari ham joylashmagan u hujayrachada olam ruknlari va unsurlar va tabiatlar modda holati bilan uning ichida turib, usta kabi ishlashlarini tan olishga to’g’ri keladi.

Xullas, So’fastoining eng ablahlari ham bunday bir maslakdan uyaladilar.

Uchinchi mahol.

 اَلْوَاحِدُ لاَ يَصْدُرُ اِلاَّ عَنِ الْوَاحِدِ  Bo’lgan muqarrar qoidasi ila, "Bir mavjudning vahdati bo’lsa, albatta, bir vohiddan, bir qo’ldan sodir bo’la oladi" Xususan, u mavjud g’oyat mukammal intizom va hassos bir mezon ichida va har narsani o’zida jam etguvchi bir hayotga mazhar bo’lsa, ochiqcha ixtilof va harorsizlikning sababi bo’lgan farqli qo’llardan chiqmaganini, balki g’oyat Qodiyr va g’oyat Hakiym bo’lgan birgina qo’ldan chiqqanini aniq ravshan ko’rsatib turgani holda, hududsiz va jonsiz va johil, tajovuzkor, shuursiz, ayqash-uyqashlik ichida ko’r, garang, tabiiy sabablarning qo’llariga hadsiz imkonat yo’llari ichida va to’planish va qorishish bilan bu sabablarning ko’rligi, garangligi ortib borgani holda, u muntazam va o’lchamli va yagona bir mavjudni ularga berish yuzta mahol bo’lgan narsani birdan qabul etish kabi aqldan uzoqdir. Mayli, bu maholdan qat’iy nazar, moddiy sabablarning ta’sirlari albatta mubosharat va tamos ila bo’ladi. Holbuki, bu tabiiy sabablarning tamoslari jonli mavjudlarning tashlari bilandir. Vaholanki, moddiy sabablarning qo’llari yetishmagan, tamos etolmagan u jonlining ich ko’rinishi tashqi ko’rinishidan o’n marta yanada muntazam, yanada latif, san’at e’tibori ila yanada mukammaldir. Moddiy sabablarning qo’llari va uskunalari yordamida hech qanday jihatla joylashmagan, balki hatto tashiga ham tamos etolmagan jajjigina jonzotlar, jajjigina hayvonlar san’at tarafidan eng katta maxluqlardan ham ziyoda ajib, yaratilish jihatidan mislsiz bir suratda bo’lganlari holda, yuz karra ko’r va ming karra garanglargina ularni jonsiz, johil, dag’al, yiroq, katta va bir-biriga zid bo’lgan garang, ko’r sabablarga beradi.

Аудио мавжуд эмас