Agar aytsangki: mavjudotning yaralishini tabiatga nisbat berilsa, shunday g’alati mahollar bo’ladi, rad etilar darajada mushkilot o’rtaga chiqadi, ammo, ajabo, Zoti Ahad va Somadga nisbat berilgan vaqtda u mushkilot qanday qilib yo’qoladi? Va u qiyin inkor bu oson vujubga qanday qilib aylanadi?
Al-javob. Birinchi maholda ko’rganimizdek, quyoshning jilvai in’ikosi misoliy quyoshchalar yordamida o’z fayzini va ta’sirini g’oyat osonlik va mashaqqatsizlik bilan eng kichik shisha zarrachasidan tortib to eng katta dengiz yuzasigacha ham ko’rsata oladi va agar bu misoliy quyoshchalarning Quyoshdan bog’liqligi uzilsa, u holda xar bir zarrachada tabiiy va bevosita bir quyoshning xorijiy vujudi inkor darajasida bir qiyinchilikda qolishini kabul etish lozim bo’ladi. Shunga o’xshab, har bir mavjud to’g’ridan-to’g’ri Zoti Ahad va Somadga bog’lanilsa, vujub darajasida bir osonlik va qulaylik, bir intisob va jilva ila har bir mavjudga kerakli barcha narsa unga yetishtirib beriladi. Agar u bog’liqlik uzilsa va ul ma’muriyat boshibuzuqlikka do’nsa va har bir mavjud o’z boshiga va tabiatga tashlab qo’yilsa, u holda imtino’ darajasida yuz ming mushkilot va qiyinchilik ila pashsha kabi bir tirik jonning koinotning kichik bir mundarijasi bo’lgan g’oyat xoriqo vujud uskunasini ijod etgan uning ichidagi ko’r tabiatni koinotni yaratadigan va idora qiladigan bir qudrat va hikmat sohibi deb faraz etishga to’g’ri keladi. Bu esa bir emas, balki minglab mahollardir.
Al-xosil. Zoti Vojibul Vujudning sherik va o’xshashi bo’lishi qanchalik mumkin emas va mahol bo’lgani kabi, Rububiyyatida va narsalarni ijod etishida boshqalarning aralashishi, Zoti Vojibul Vujudning sherigi va o’xshashi bo’lishi ham shunchalik mumkin emas va maholdir.
Ikkinchi maholdagi mushkilot borasida. Boshqa Risolalarda isbot etilganidek, agar hamma narsa Vohidi Ahadga nisbat berilsa, hamma narsa bir narsa kabi oson va qulay bo’ladi. Agar sabablarga va tabiatga nisbat berilsa, birgina narsa hamma narsalarchalik mushkilotli ekanligi bir qancha va qat’iy dalillar bilan isbot etilgan. Isbotlangan bir dalilning xulosasi budir: