Lemalar lot | Yigirma Oltinchi Lam’a | 46
(1-46)

Men yigirma yoshdaligimda ko’pincha derdim: "Qadimda g’orlarga kirib tarkidunyo qilganlar singari umrimning oxirida men ham bir g‘orga, bir toqqa chiqib, insonlarning ijtimoiy hayotidan uzoqlashaman."

Ham BIRINCHI Jahon urushida shimoliy sharqdagi asoratimda qaror qilgandimki: "Bundan buyon umrimni g’orlarda o’tkazaman. Siyosiy va ijtimoiy hayotdan chetlashaman. Shu paytgacha aralashganim yetar." Shundan keyin Allohning inoyati hamda taqdirning adolati tajalli etdi. Qarorimdan va orzuimdan yanada xayrli bir suratda, keksaligimga mehr-shafqat sifatida, tasavvurimdagi g’orlarni qamoqxonalarga, odamlardan uzoq yerlarga va yolg’iz o’tiriladigan chillaxonalarga hamda jamiyatdan mutlaqo uzilgan joylarga aylantirdi. Riyozat ahli va darvishlarning tog’lardagi g’orlaridan ko’ra yuksak bo’lmish "Yusufiya madrasa"larini hamda vaqtimizni zoe qilmaslik uchun chillaxonalarni berdi. Ham g’orning uxroviy* foydalarini, ham iymon va Qur`on Haqiqatlarining mujohidona xizmatini berdi. Hatto men azm qilgandimki, "do’stlarim oqlangandan so’ng men bir ayb ko’rsatib qamoqda qolaman. Husrav va Fayzi kabi oilasiz do’stlarim meni yonimda qolsa va bir bahona ila insonlar bilan ko’rishmaslik va vaqtimni keraksiz suhbatlar bilan hamda sun`iylik va xudfurushlik bilan o’tkazmaslik uchun bir kishilik kamerada qolaman." Ammo taqdiri Ilohiy va qismatimiz bizni boshqa chillaxonaga ravona qildi.

اَلْخَيْرُ فِى مَا اخْتَارَهُ اللّهُ ۞ عَسَى اَنْ تَكْرَهُوا شَيْئًا وَهُوَ خَيْرٌ لَكُمْ

siriga ko’ra, keksaligimga marhamat tariqasida va iymon xizmatida yanada ziyoda harakat qilishim uchun, ixtiyor va iqtidorimizning tashida bu Uchinchi Madrasai Yusufiyada vazifa berildi.

Ha, inoyati Ilohiya keksaligimga marhamat tariqasida quvvatli va yashirin dushmanlari bo’lmagan yoshlik davrimga maxsus bo’lgan g’orlarimni, qamoqxonaning bir kishilik kamerasiga aylantirishining uchta ahamiyatli foydasi bor.

BIRINCHI Hikmat va Foyda: Nur Talabalarining bu zamonda to’planishlaring zararsiz shakli Madrasai Yusufiyada bo’ladi. Va bir-birini ko’rib suhbatlashmoq tashqarida serxarajat va shubhali bo’ladi. Hatto men bilan ko’rishmoq uchun ba`zilar qirq-ellik lira sarflab kelib, yo yigirma daqiqa yoki hech ko’risholmay qaytib ketardilar. Men ba`zi qardoshlarimni yaqindan ko’rmoq uchun qamoq zahmatini jonim bilan qabul qilardim. Demak qamoq biz uchun bir ne`matdir, bir rahmatdir.

Ikkinchi Hikmat va Foyda: Bu zamonda Nurlar vositasida iymonga xizmat har yerda ularni e`lon qilish va unga muhtoj bo’lganlarning diqqat nazarini jalb qilish bilan bo’ladi. Qamalishimiz bilan esa Nurlarga diqqat nazarlar jalb bo’ladi, bir e`lon hukmiga o’tadi. Eng qaysarlar va muhtojlar uni topadi, iymonlarini qutqaradi va qaysarligi sinadi, tahlikadan qutuladi va Nurning darsxonasi kengayadi.

Uchinchi Hikmat va Foyda: Qamalgan Nur talabalari bir-birining hollaridan, fazilatlaridan, ixlos va fidokorliklaridan dars olishlari bilan birga Nurlar xizmatida dunyoviy manfaatlarni ham izlamaydilar.

Ha, Madrasai Yusufiyada, ko’p alomatlarga ko’ra, har bir qiyinchilik va zahmatning o’n, balki yuz barobar moddiy va ma`naviy foydalar va go’zal natijalar va iymonga keng va xolis xizmatlar borligini o’z ko’zlari bilan ko’rganlaridan, tom ixlosga muvaffaq bo’ladilar, qaytib kichik va xususiy manfaatlarga tanazzul etmaydilar.

Bu chillaxonalarning menga maxsus bir latofati va hazin, ammo totli bir vaziyati bor. Shuki:

Men yoshlik davrimda o’z yurtimda ko’rgan eski madrasaning ayni vaziyatini bu yerda ham ko’ryapman. Chunki sharqiy viloyatlarda eski bir odat borki, madrasa talabalaridan bir qismining ta`minotlari tashqaridan kelardi. Ba`zi madrasalarda esa ichida pishirilardi. Va yana bir necha jihatda bu chillaxonaga o’xshardi. Men ham lazzatli bir hasrat ichra bu yerga qaraganim sari, o’sha eski yoshlik va shirin davrlarga xayolan ketaman va keksalik vaziyatini unutaman.

 

*  *  *

Аудио мавжуд эмас