Lemalar lot | Yigirma Oltinchi Lam’a | 44
(1-46)

So’ngra bizni Dengizli qamoqxonasiga oldilar. Meni yolg’iz holda badbo’y, zah, sovuq bir kameraga tiqdilar. Keksalik, xastalik va meni deb ma`sum do’stlarimning boshiga tushgan zahmatlardan menga kelgan ko’plab alamlar va Nurlarning faoliyati to’xtaganidan va musodara qilingani tufayli kelgan afsus-nadomatlar va qiyinchiliklar ichra to’lg’anib turganimda, birdan Rabboniy inoyat menga madad uchun yetib keldi  Birdan u ulkan qamoqxonani bir Darsxonai Nuriyaga aylantirib bir Madrasai Yusufiya (A.S.) ekanini isbotlab, Madrasatuz-Zahro qahramonlarining olmos qalamlari ila Nurlar yoyila boshladi. Hatto o’sha og’ir sharoitda Nurning qahramoni uch-to’rt oy davomida Meva va Mudofaalar Risolalaridan yigirmadan ziyod yozdi. Ham qamoqxonada, ham tashqarida fath (g’alaba) qozona boshladilar. Ul musibatdagi zararimizni ulkan manfaatlarga va tashvishlarimizni sevinchlarga aylantirdi.

 عَسَى اَنْ تَكْرَهُوا شَيْئًا وَهُوَ خَيْرٌ لَكُمْ ning sirini takroran ko’rsatdi.

So’ngra BIRINCHI mutahassislar hay`ati polislarning yanglish va yuzaki protokollariga binoan bizga qaratilgan shiddatli tanqidlarni va Ma`orif vazirining dahshatli hujumi bilan birga, bizga qarshi bir bayonnoma tarqatishi bilan, hatto ba`zi xabarlarga ko’ra, bir qismimizni yo’q qilishga urinilayotgan chog’da, bir inoyati Rabboniya biz uchun madadga keldi. Dastlab Anqara tadqiq hay`atining shiddatli tanqidlari kutilayotganda, taqdirkorona raportlari, hatto besh sandiq Nur Risolalarida besh-o’nta xato topganlari holda, mahkamada ular xato va yanglish deb ko’rsatgan nuqtalar ayni haqiqat ekanini va ular xato va yanglish degan moddalarda o’zlari xato qilganlarini isbotlab berganimizdek, besh varaqlik raportlarida o’n-o’n besh xato va yanglishlarini ko’rsatdik. Va yetti idoraga yuborgan Meva va Mudofaanoma Risolalari va Adliya vakolatiga yuborilgan Nurning umum risolalari, xususan mahfiylarining ta`sirli va shiddatli tarsakilariga javoban, tajovuzkorona shiddatli amrlar kutganimizda, Bosh vazirning bizga yuborgan g’oyat muloyimona, hatto tasallikorona maktubi kabi, sulh tuzgandek bizga tegmaganlari isbotlaydiki:

Risolai Nurning haqiqatlari inoyati Ilohiyaning karomati ila ularni mag’lub qilib, o’zini ularga irshodkorona o’qittirgan. U keng doiralarni bir navi darsxona qilib, ko’p ikkilanuvchi va o’rtada hayron bo’lganlarning iymonlarini qutqargan va bizning jafolarimizdan yuz marta ziyoda ma`naviy sevinch va foyda berdi.

Аудио мавжуд эмас