Lemalar lot | Yigirma Oltinchi Lam’a | 42
(1-46)

Ham hali qaror o’qilmagan bir qism yoshlar dedilar: "Nurchilar qamoqda qolsalar, biz o’zimizni mahkum etdiramiz va jazo olishga intilamiz., toki ulardan dars olib ular kabi bo’laylik..Ularning darsi ila o’zimizni isloh qilamiz." Mana bu mohiyatda bo’lgan Nur talabalarini osoyishni buzadi deb tuhmat qilganlar, har qalay g’oyat yomon bir suratda aldangan va aldatilgan va yo bilib va yo bilmay anarxistlik nomidan hukumatni gij-gijlab bizga aziyatlar berib ezishga urinmoqdalar. Biz ularga javoban deymiz:

"Modomiki o’lim o’ldirilmayotgan va qabr berkilmayotgan va dunyo musofirxonasida yo’lchilar g’oyat sur`at va tashvish ila to’p-to’p bo’lib tuproq ostiga kirib yo’qolayotgan ekan, albatta juda yaqin vaqtda bir-birimizdan ayrilamiz. Siz zulmlaringizning jazosini dahshatli bir suratda olasiz. Hech bo’lmaganda, mazlum iymon ahliga ozodlik ruxsatnomasi bo’lmish o’limning abadiy qatl qiluvchi doriga chiqajaksiz. Sizning, dunyoda abadiy qolish tasavvuri ila olgan foniy zavqlaringiz, boqiy va buyuk alamlarga aylanadi."

Afsuski, yashirin munofiq dushmanlarimiz, bu dindor millatning yuz minglab avliyo shahidlarining, qahramon g’oziylarining qoni va qilichi bilan qozonilgan va muhofaza etilgan Islomiyat Haqiqatlariga ba`zan "tariqat" nomini berib va ul quyoshning bir shu`lasi bo’lmish tariqat mashrabini, ul quyoshning aynan o’zi deb ko’rsatib, hukumatning ba`zi diqqatsiz ma`murlarini aldab, Qur`on va iymon Haqiqatlari yo’lida ta`sirli suratda harakat qilayotgan Nur talabalariga "tariqatchi" va "siyosiy jamiyatchi" nomini berib bizga qarshi qilib qo’yishni istayaptilar. Biz esa ham ularga, ham ularni tinglab bizga qarshi bo’lganlarga, Dengizlining Odil Mahkamasiga aytganimiz kabi deymiz:

"Yuzlab million boshlar fido bo’lgan bu haqiqatga bizning ham boshimiz fido bo’lsin! Dunyoni boshimizga otash qilib yoqsangiz ham, Qur`on Haqiqatlariga fido bo’lgan boshlar, dinsizlarga taslimi siloh qilmaydi va muqaddas vazifasidan voz kechmaydi, inshoAlloh!"

Xullas, keksalik sarguzashtlarimdan kelgan og’riqlar va ma`yusliklarga iymondan va Qur`ondan madadga kelgan qudsiy tasallilar bilan bu keksaligimning o’tgan eng og’ir bir yili o’rniga, yoshligimning eng sevinchli o’n yilini bersa alishmayman. Xususan hibsda farz namozlarini o’qigan va tavba qilganning har bir soati, o’n soat ibodat o’rniga o’tishi bilan va xastalikda va mazlumlikda o’tgan har bir foniy kun esa savob jihatida o’n kunlik boqiy umr qozontirishi bilan, men kabi qabr eshigida navbatini kutayotgan bir odamga naqadar shukronaga sabab bo’lishini ul ma`naviy eslatmadan bildim, "Rabbimga behas Shukr" dedim, keksaligimga sevindim va hibsdaligimga rozi bo’ldim. Chunki umr bir joyda turmaydi, tez o’tadi. Lazzatda, sevinchda o’tsa, lazzatning zavol topishi alam bo’lgani tufayli, ham afsusla, ham noshukrlikla, g’aflatla o’tib, o’rniga ba`zi gunohlarni qoldiradi, foniy bo’ladi, ketadi. Agar hibsda va zahmatda o’tsa, alamning zavol topishi, ma`naviy lazzat bo’lgani tufayli, ham ular bir navi ma`naviy ibodat hisoblanganidan, bir jihatda boqiy qoladi va xayrli mevalari ila boqiy bir umrni qozontiradi. O’tgan gunohlarga va qamoqqa sabab bo’lgan xatolarga kafforat bo’ladi, ulardan poklaydi. Shuning uchun mahbuslardan farzlarni bajarayotganlar sabr ichida shukr qilmoqlari lozimdir.

Аудио мавжуд эмас