Lemalar lot | Yigirma Oltinchi Lam’a | 39
(1-46)

Men ham bor quvvatim ila "Alhamdulilloh" dedim. Insoniylik hissi ila u zolimlarga achindim. "Yo Rabbiy! Ularni isloh ayla!" deya duo qildim. Bu yangi hodisada, ifodamda Ichki Ishlar Vakolatiga yozganim kabi, o’n jihatla noqonuniy ekani va asl aybdorlar qonun nomidan noqonuniy ish tutgan u zolimlar bo’lganidek, shunday bahonalar izladilarki, eshitganlarni kuldiradigan va haqparastlarni yig’latadigan tuhmatlarni va uydirmalarni insof ahliga ko’rsatdilarki, Risolai Nurga va shogirdlariga tajovuz qilish uchun qonun va haqiqat tarafidan imkon topolmayaptilar, devonalik qilmoqdalar.

Azjumla: Bir oy bizning ortimizdan josuslik qilgan ma`murlar hech qanday bahona topolmagach, bir yumaloq xat yozib, "Saidning xizmatkori bir do’kondan aroq olib, unga olib borib bergan". U xatni imzo ettirmoq uchun hech kimni topolmagandan so’ng, begona va mast bir odamni ushlab olib qo’rqitishgan, "Kel bunga imzo bos," deganlar. U deganki, "Tavbalarni tavbasi bo’lsin, bu ajib yolg’onga kim imzo bosadi?" Ularni xatni yirtib tashlashga majbur qilgan.

Ikkinchi bir namuna: Men bilmagan va hozir ham tanimaydigan bir zot, otini meni kezdirish uchun bergan. Men ham kasalligim tufayli havo almashtirish maqsadida ko’pincha yozda bir-ikki soat kezardim. U ot va arava sohibiga ellik liralik kitob berishga So’z bergandim. Toki qoidam buzilmasin va minnat ostiga kirmayin. Ajabo, bu ishda biror zarar ehtimoli bormi? Holbuki, "U ot kimniki?" deya, ellik marta ham voliy, ham adliyachilar, ham xavfsizlik va polislar so’radilar. Go’yo muhim bir siyosiy hodisa va osoyishtalikka tegishli bir voqea ro’y bergandek.. Hatto bu ma`nosiz surishtirishlar to’xtasin deya, ikki kishining hamiyati qo’zib, biri "ot meniki", boshqasi "arava meniki" degani uchun, ikkovini ham men bilan birga qamoqqa olishdi. Bu namunalarga qiyoslab bolalarning o’yiniga o’xshash bunday ko’plab hodisalarni kuzatib yig’ladik va angladikki, Risolai Nur va shogirdlariga qarshi chiqqanlar masxara bo’ladilar.

Shu namunalardan kelib chiqqan latif bir suhbat: Mening so’roq qog’ozimda sabab qilib "osoyishtalikni buzgan" aybi yozilganidan, men hali u aybnomani ko’rmay turib prokurorga dedim: "Seni o’tgan kecha g’iybat qildim, — va xavfsizlik mudiri o’rniga meni so’roq qilgan bir polisga qarab, — Agar mingta prokuror va mingta xavfsizlik mudirichalik bu mamlakatdagi umumiy osoyishtalikka xizmat qilmagan bo’lsam, Allohning qahriga uchray,"— deya uch marta qaytardim.

So’ngra bu orada, bu sovuqda, istirohatga va sovqotmaslikka va dunyoni o’ylamaslikka juda muhtoj bo’lgan chog’imda, g’araz va ataylab meni bardosh qilib bo’lmaydigan bu surgunga va yolg’izlik va qamoq va tazyiqqa yo’liqtirganlarga odatdagidan ziyod g’azabim keldi. Bir inoyat madadga keldi. Ma`nan qalbga eslatildiki:

Аудио мавжуд эмас