Lemalar lot | Yigirma Oltinchi Lam’a | 41
(1-46)

BIRINCHISI: Mening va Nurlarning yashirin dushmanlarimiz, men istamagan holda, ommaning menga bo’lgan e`tiborini sindirish Nurning yutuqlariga to’siq bo’ladi deya, ba`zi sodda rasmiy ma`murlarni aldab, meni xalqning nazarida badnom qilish maqsadida bunday hiyonatkorona muomalaga majbur qilganlar. Bunga qarshi inoyati Ilohiya Nurlarning iymon xizmati evaziga bir ikrom sifatida o’sha bitta odamning hiyonatiga badal, bu yuzta odamga boq! Xizmatingizni taqdirlab, shafqatkorona achinib sizni olqishlamoqdalar va jasoratlantirmoqdalar. Hatto ikkinchi kun men tergovda prokurorning savollariga javob berayotganimda, idora hovlisida mahkama panjaralarining qarshisida mingga yaqin aholi, kamoli muhabbatla to’planib, holatlari bilan, "Bularni siqmangiz" deyotganlarini, vaziyatlari ila ifoda qilayotgandek ko’rindilar. Polislar ularni tarqatolmayotgandi. Qalbimga eslatildiki: Bu aholi bunday tahlikali asrda tom bir tasalli va so’ndirilmas bir nur va quvvatli bir iymon va boqiy saodat haqida haqiqiy xushxabar istaydilar va fitratan izlaydilar va Nur Risolalarida izlaganlari topilmoqda deya eshitganlarki, mening ahamiyatsiz shaxsimga iymonga bir oz xizmatkorligim uchun, haddan ziyod iltifot ko’rsatayotirlar.

Ikkinchi haqiqat: Osoyishtalikni buzadi degan vahima ila bizga yomonlik qilish va ommaning e`tiborini sindirish maqsadida haqoratkorona aldangan bir necha odamlarning qo’pol muomalalari o’rniga, hadsiz haqiqat ahlining va kelajak nasllarning taqdirkorona olqishlashlari bor deya eslatildi.

Ha, kommunist niqobi ostida anarxistlikning umumiy osoyishni buzishga dahshatli urinishlariga qarshi Risolai Nur va shogirdlari, tahqiqiy iymon quvvati ila bu Vatanning har tarafida u mudhish fasodlarni to’xtatmoqda va sindirmoqda. Tinchlik va osoyishtalikni ta`minlashga harakat qilmoqdaki, juda ham ko’plab va mamlakatning har tarafida bor bo’lgan Nur talabalaridan, bu yigirma yil davomida shug’ullangan uch-to’rt mahkama va o’nta viloyatning ichki ishlar xodimlari, osoyishtalikni buzadigan biror hodisa topolmagan va qayd qilinmagan. Va uch viloyatning bir qism insofli ichki ishlar xodimlari deganlar: "Nur talabalari ma`naviy qo’riqchidirlar. Osoyishtalikni muhofaza qilishda bizga yordam bermoqdalar. Mustahkam iymon ila Nurni o’qigan har bir odamning miyasida bir qo’riqchi qoldiradilar. Osoyishtalikni ta`minlashga o’rinmoqdalar." Buning bir namunasi Dengizli qamoqxonasidir. U yerga Nurlar va mahbuslar uchun yozilgan Meva Risolasi kirishi bilan uch-to’rt oy ichida ikki yuzdan ziyod mahbuslar, shunday favqulodda itoatli, dindorona, solihona bir holga keldilarki, uch-to’rt odamni o’ldirgan bir odam, taxta bitlarini o’ldirishdan o’zini tortardi. O’ta marhamatli, bezarar, vatanga foydali bir a`zo bo’la boshladi. Hatto rasmiy ma`murlar, bu holni hayrat bilan va taqdirlab kuzatardilar.

Аудио мавжуд эмас