Lemalar lot | Yigirma Oltinchi Lam’a | 43
(1-46)

O’N OLTINCHI UMID

Bir paytlar, keksalik vaqtida, Eskishahar qamoqxonasidan bir yillik jazoni o’tab chiqdim. Meni Qastamo’nuga surgun qildilar. Polisxonada ikki-uch oy mehmon qildilar. Menga o’xshab, sodiq do’stlari bilan ko’rishishdan siqiluvchi bir darvish va qiyofasining o’zgarishini ko’tarolmagan bir odam, bunday yerlarda naqadar azob chekishi ma`lum. Xullas, men bunday ma`yus holda ekanman, birdan Allohning inoyati keksalimga madad uchun keldi. U bo’limning komissari polislar bilan birga sodiq do’stimga aylandilar. Biror marta shapka kiyishni eslatmaganlaridek, mening xizmatkorlarimdek, istagan vaqtim meni shahar  atrofida kezdirib yurardilar.

So’ngra u polisxonaning qarshisidagi Qastamo’nuning Madrasai Nuriyasiga kirdim. Nurlarni ta`lif qila boshladim. Fayzi, Amin, Hilmi, Sodiq, Nazif, Salohiddin kabi Nurning qahramon shogirdlari, Nurlarni nashr va ko’paytirish uchun ul madrasada doimo qoladigan bo’ldilar. Yoshlikda eski talabalarim bilan o’tkazgan qiymatdor ilmiy muzokaralarimni yanada porloq suratda namoyon qildilar.

So’ngra yashirin dushmanlarimiz ba`zi ma`murlarni va manmansiragan bir qism domlalarni va shayo’larni bizga qarshi vahimaga tushirdilar. Ular Madrasai Yusufiyamiz bo’lmish Dengizli qamoqxonasida besh-olti viloyatdan kelgan Nur talabalarining to’planishiga sababchi bo’ldilar. Va o’n oltinchi Umidning tafsiloti Qastamo’nudan keltirilib Lohiqa majmuasiga kiritilgan va Dengizli qamoqxonasida u yerdagi qardoshlarimga men yashirincha jo’natgan kichik maktublar va mahkamasidagi Mudofaa risolasidirki, bu Umidning Haqiqatini porloq ravishda ko’rsatadi. Tafsilotini Lohiqaga, mudofaalarimga havola etib, g’oyat qisqa ishora qilamiz.

Men mahfiy va muhim majmualarni, xususan Sufyonga va Nurning karomatlariga doir risolalarni ko’mir va o’tinlar ostida saqladim, toki, mening vafotimdan keyin va tepadagi boshliqlar haqiqatni tinglab, aqllarini yig’ib olganidan so’ng nashr qilinsin deya xotirjamlik bilan kutayotganimda, qidiruv bo’limi xodimlari va prokurorimning muovini turgan joyimni bosdilar. U yashirin va ahamiyatli risolalarni o’tinlar ostidan oldilar. Ham meni hibsga olib, sog’ligim yomon holida Isparta qamoqxonasiga yubordilar. Men juda alam chekkan va Nurlarga kelgan ul zarardan dahshatli ravishda ta`sirlanib turganimda, Allohning inoyati biz uchun madadga keldi. O’sha yashirilgan va hukumat ahli o’qishga juda muhtoj bo’lgan ul risolalarni kamoli ishtiyoq va diqqat bilan o’qiy boshlab, katta rasmiy doiralar bamisoli bir darsxonai Nuriya hukmiga o’tdi. Tanqid fikri ila taqdirlay boshladilar. Hatto Dengizlida hech xabarimiz yo’q, ajib bir tarzda yashirincha chop qilingan. Oyatul-Kubroni rasmiy va norasmiy juda ko’p odamlar o’qidilar; iymonlarini quvvatlantirdilar; bizning qamoq musibatimizni yo’qqa chiqardilar.

Аудио мавжуд эмас