Lemalar lot | Yigirma Oltinchi Lam’a | 45
(1-46)

So’ngra yashirin dushmanlar meni zaxarladilar. Va Nurning shahid qahramoni Hofiz Ali mening o’rnimga kasalxonaga ketdi va mening o’rnimga barzoh olamiga sayohat ayladi, bizni ma`yusona yig’latdi. Men bu musibatdan avval Qastamo’nuning tog’ida ta`kidlab aytgandim: "Qardoshlarim, otga et, arslonga o’t tashlamangiz". Ya`ni, "Har risolani har kimga beravermangiz, toki bizga dushmanlik qilmasin." Yayov yurilsa yetti kun uzoqlikdagi Hofiz Ali (Rahmatullohi Alayh), ma`naviy telefoni orqali eshitayotgandek, ayni o’sha vaqtda menga yozgandiki: "Ha Ustozim, Risolai Nurning bir karomatidirki, otga et, arslonga o’t tashlamaydi. Balki otga o’t, arslonga et tashlaydiki, u arslon domlaga Ixlos Risolasini berdi." Yetti kun so’ngra maktubini oldik. Hisoblasak, ayni o’sha paytda, men tog’da ta`kidlaganimda u ham ajib bir tarzda bu So’zlarini maktubida yozayotgan ekan.

Xullas, Nurning bunday ma`naviy bir qahramonining vafoti va yashirin munofiqlarning bizga qarshi hiylalar bilan bizni jazolashga urinayotgan va menga zahardan kelgan kasallik tufayli, rasmiy buyruqlar bilan meni ham majburan kasalxonaga yotkizish ehtimolidan tashvishlanib siqilib turgan vaqtimizda, birdan inoyati Ilohiya madadga keldi. Muborak qardoshlarimning xolis duolari bilan zaharning tahlikasi o’tib ketdi va ul marhum shahidning — quvvatli ishoralar ila — qabrida Nurlar bilan mashg’ul bo’lishi va so’roq farishtalarga Nurlardan javob berishi va uning o’rniga uning orqasidan Nurlarga xizmat qiladigan Dengizli qahramoni Hasan Fayzi (Rahmatullohi Alayh’) va do’stlari parda ortida ta`sirli bir suratda xizmatlari hamda dushmanlarimizning va mahbuslarning birdaniga Nurlar orqali isloh bo’lgani tufayli qamoqdan chiqishimizga tarafdor bo’lishi hamda Ashobi Kahfdek Nur shogirdlari o’sha siquvchi chillaxonani Ashobi Kahf va qadimgi zamon riyozat ahlining g’orlariga aylantirishi; hamda qalbning istirohati ila Nurlarning yoyilishiga va yozilishiga sa`y-harakatlari ila inoyati Rabboniyaning biz uchun madadga kelganini isbotladi.

Ham qalbimga keldiki, modomiki Imomi A`zamdek buyuk mujtahid qamoq ko’rgan va Imomi Ahmad ibn Hanbaldek mujohidi akbarga Qur`onning birgina masalasi uchun qamoqda juda ko’p azob berilgan. U shikoyat qilmay, kamoli sabr ila sabot ko’rsatib ul masalalarda sukut saqlamagan. Va juda ko’p imomlar va allomalar, sizlardan ko’ra ko’proq azob chekkan bo’lsada, kamoli sabr ichra shukr qilib qaytmaganlar. Albatta, sizlar Qur`onning ko’plab haqiqatlari uchun juda ulkan savob va yutuq olganingiz holda, juda oz zahmat chekkaningizga minglab tashakkur etmoqingiz lozim. Ha, insonlar zulmi ichra ko’ringan Rabboniy inoyatning bir jilvasini qisqacha bayon qilaman:

Аудио мавжуд эмас