Lemalar lot | Yigirma Oltinchi Lam’a | 40
(1-46)

Insonlarning senga qilgan ayni zulmlarida, ayni adolat bo’lmish taqdiri Ilohiyning buyuk bir hissasi bor. Va bu hibsda rizqing bor. U rizqing seni bu yerga chaqirdi. Uni rizo va taslim ila qarshilamoq lozim. Hikmat va rahmati Rabboniyaning ham bir hissasi borki, bu hibsdagilarni nurlantirmoq va tasalli bermoq va sizga savob qozontirmoqdir. Bu hissaga nisbatan minglab shukr etmoq lozim.

Ham sening nafsingning o’zing bilmagan qusurlari bilan unda bir hissasi bor U hissaga javoban istig’for va tavba ila nafsiga "Bu tarsakiga mustahiq bo’lding" deyishing kerak.

Ham yashirin dushmanlarning hiylalari ila ba`zi sofdil va vahimachi ma`murlarni aldash bilan o’sha zulmga chorlamoq jihatiga ko’ra, ularning ham hissalari bor. Unga qarshi Risolai Nur ul munofiqlarga urgan dahshatli ma`naviy tarsakilari, sening intiqomingni tamoman ulardan olgan. O’sha ularga yetadi. Eng oxirgi hissa, bevosita sababchi bo’lgan rasmiy ma`murlardir. Bu hissa oldida ularning Nurlarga tanqid niyatida boqishlarida, istar istamas, shubhasiz, iymon jihatida istifoda qilganlarining xotiri uchun وَالْكَاظِمِينَ الْغَيْظَ وَالْعَافِينَ عَنِ النَّاسِ dasturi ila ularni avf etmoq, bir oliyjanoblikdir."

Men bu haqiqatli eslatmadan kamoli sevinch va shukr ila bu yangi Madrasai Yusufiyada qolish uchun, hatto menga qarshi bo’lganlarga yordam bo’lsin deya, o’zimga jazoni qabul qilib, zararsiz bir ayb qilishga qaror qildim.

Ham, yetmish besh yoshli va hech kim bilan ishi yo’q va dunyoda sevgan do’stlarining yetmishidan faqat beshtasi qolgan men kabi odamni, Nurlarga oid vazifasini bajaradigan yetmish ming Nur nushalari bor bo’lib, bemalol kezib yuribdilar. Va bir til o’rniga minglab tillar ila iymon xizmatini bajaradigan qardoshlari, vorislari bor bo’lgan mendek bir odamga, qabr bu qamoqdan ko’ra yuz barobar xayrlidir. Va bu qamoq esa tashqaridagi hurriyatni bo’g’uvchi zo’ravonliklar ostidagi ozodlikdan yuz daraja yengilroq, foydaliroqdir. Chunki erkinlikda yolg’iz o’zi yuzlab ma`murlarning zo’ravonliklarini tortgandan ko’ra, qamoqda yuzlab mahbuslar bilan birga, bor-yo’g’i mudir va nazoratchi kabi bir-ikki zotning, manfaatga binoan yengil zo’ravonliklarini tortishga majbur bo’ladi xalos. Uning evaziga, qamoqda ko’p do’stlardan birodorona iltifotlar, tasallilar ko’radi.

Ham Islomiy shafqat va insoniy fitrat bunday vaziyatdagi keksalarga marhamat bilan kelishi, qamoq zahmatini rahmatga aylantiradi deya, hibsga rozi bo’ldim.

Bu Uchinchi Mahkamaga kelgan chog’imda zaiflik va keksalik va rohatsizlikdan oyoqda turishga holim yo’qligi uchun mahkama eshigidan tashqarida bir kursiga o’tirdim. Birdan bir hokim keldi, jahl qildi va hurmatsizlarcha: "Nima uchun oyoqda turib kutmaydi?" dedi. Men ham keksaligim tufayli bu marhamatsizlikka achchig’im chiqdi. Birdan qarasam, juda ko’p musulmonlar, kamoli shafqat va birodarlik bilan, marhamatkorona boqib atrofimizda to’planganlar, tarqalmayaptilar. Birdan ikki haqiqat eslatildi.

Аудио мавжуд эмас