Lemalar lot | Yigirma Oltinchi Lam’a | 37
(1-46)

Ma`lumki, oynalar, shishalar, shaffof narsalar, hatto ko’piklar quyosh ziyosining yashirin va xilma-xil jamolini va u ziyoning "alvoni sab`a" deyilgan yetti rangining rango-rang go’zalliklarini ko’rsatadilar. Va yangilanib turishi va harakatlari ila va xilma-xil qobiliyatlari ila va qisqaliklari ila u jamol va u go’zalliklarni yangilab turadilar. Va qisqaliklari bilan quyoshning va ziyosining va yetti rangining yashirin go’zalliklarini go’zal izhor qiladilar. Aynan shuning kabi, Shamsi Azal va Abad bo’lmish Jamili Zuljalolning muqaddas jamoliga va benihoya go’zal Asmoi Husnosining mangu go’zalliklariga oynadorlik qilib jilvalarining yangilanishi uchun bu go’zal masnu`lar (san`atli asarlar), bu totli maxluqlar, bu chiroyli mavjudotlar tinimsiz kelib ketmoqdalar. O’zlarida ko’ringan go’zalliklar va jamollar o’zlarining moli emasligini, balki izhor qilishni istagan mangu va muqaddas bir jamolning va doimiy tajalli etgan va ko’rinmoq istagan yagona va pok bir husnning ishoralari va alomatlari va jilolari va jilvalari ekanligining ko’plab quvvatli dalillari Risolai Nurda batafsil izohlangan. Bu yerda shu dalillardan uch donasi, qisqacha, g’oyat ma`qul bir suratda zikr etilgan deya bayon qila boshlaydi. Bu risolani ko’rgan har bir sog’lom zavq sohibi hayratda qolish bilan birga o’zlarining istifodasidan tashqari, boshqalarning ham istifoda qilishlari uchun urinishni lozim deb topadilar. Xususan ikkinchi dalilda besh nuqta bayon etiladi. Aqli chirik, qalbi buzuq bo’lmagan, har qalay qadrlab va tahsin o’qib va ma`qullab "MashoAlloh, fataborakAlloh" deydi. Faqir, haqir bo’lib ko’ringan vujudini yuksaltiradi, ajib bir mo’`jiza ekanini idrok va tasdiq etadi.

O’N BESHINCHI UMID.(Izoh)

Bir paytlar Amirtog’ida istiqomat qilishga mahkum va yolg’iz o’zim bir manzilda bamisoli bir kishilik qamoqdek va menga juda og’ir kelgan nazoratlar va zo’ravonliklar ila meni iskanjaga solganlari uchun hayotdan bezdim, qamoqdan chiqqanimga afsuslandim. Ruhu-jonimla Dengizli qamoqxonasini sog’indim va qabrga kirishni istadim. Va "qamoq va qabr bu tarz hayotdan yaxshiroq," deya, yo qamoqqa va yo qabrga kirishga qaror qilib turganimda, Allohning inoyati madadga keldi. Ya`ni, qalamlari nusha ko’chirish uskunasidek bo’lgan Madrasatuz-Zahro shogirdlarining qo’liga yangi chiqqan nusha ko’chirish uskunasini berdi. Birdan Nurning qiymatdor majmualarining har biridan bir qalam ila besh yuz nusha vujudga keldi. Yutuqqa erisha boshlaganlari ul og’ir hayotni menga sevdirdi, "Hadsiz shukr bo’lsin," dedirdi.



(Izoh) Nurning ta`lif vaqti  uch yil avval tugagani uchun bu o’n beshinchi Umid kelajakda bir Nurchi tarafidan Keksalar Yog’dusining takomillashtirilib ta`lif qilinishiga manba` bo’lish uchun yozildi.

Аудио мавжуд эмас