Lemalar lot | Yigirma Oltinchi Lam’a | 35
(1-46)

Darhol boqdim va ko’rdimki, hadsiz qushlar va qushchalar bo’lmish hasharotlar va behisob hayvonlar va benihoya o’simliklar va g’oyat ko’p daraxtlar ham men kabi holatlari bilan

 حَسْبُنَا اللّهُ وَنِعْمَ الْوَكِيلُ ma`nosini yod etmog’dalar. Va har kimning yodiga solmoqdalarki, barcha hayot sharoitlarini kafolatiga olgan shunday bir vakillari borki, bir-biriga o’xshagan va moddalari bir bo’lgan tuxumlar va bir-birining misli bo’lgan qatralar va bir-birining ayni bo’lgan donlar va bir-biriga o’xshash danaklardan — qushlarning yuz ming xillarini, hayvonlarning yuz ming tarzlarini, o’simliklarning yuz ming navini va daraxtlarning yuz ming sinfini yanglishsiz, nuqsonsiz, chalkashsiz, chiroyli, mezonli, intizomli, bir-biridan farqli bir suratda ko’z o’ngimizda, xususan har bahorda, g’oyat ko’p, g’oyat qulay, g’oyat keng bir doirada, g’oyat ko’plab yaratuvchi, yasovchi bir qudratning azamat va hashamati ichra barobarlik va o’xshashlik va bir-birining ichida va bir xil tarzda yasalishi bilan Vahdatini va Ahadiyatini bizga ko’rsatayotgan va bunday hadsiz mo’`jizalarni namoyon qilayotgan bir Rububiyat faoliyatiga, bir Xalloqiyat* ishlariga aralashish va ishtirok etish mumkin emasligini bildiradi deya angladim. Har bir mo’`min kabi mening shaxsimni va insoniy mohiyatimni anglamoq istaganlar va men kabi bo’lishni istaganlar حَسْبُنَا dagi نَا ko’plikda bo’lgan ana (men)ning, ya`ni nafsimning tafsiriga boqsinlar. Ahamiyatsiz, haqir va faqir bo’lib ko’ringan vujudim — har mo’`minning vujudi kabi — nima ekanini, hayot nimaligini, insoniylik nimaligini, Islomiyat nimaligini, mustahkam iymon nimaligini, ma`rifatulloh nimaligini, muhabbat qanday bo’lishini. anglasinlar, dars olsinlar!

To’rtinchi Martabai Nuriyai Hasbiya.

Bir vaqt keksalik, g’urbat, xastalik, mag’lubiyat kabi vujudimni qaxshatgan illatlar bir g’aflatli paytimga tog’ri kelib, shiddatli ravishda bog’langan va maftun bo’lgan vujudimni, balki maxluqotning vujudlarini "yo’qlikka ketayotir" deya alamli bir tashvish berib turganda, yana bu Oyati Hasbiyaga murojaat qildim. "Dedi: Ma`noimga diqqat qil va iymon durbini bilan boq!"

Men ham boqdim va iymon ko’zi bilan ko’rdimki, bu zarracha vujudim, har bir mo’`minning vujudi kabi, cheksiz bir vujudning oynasi va benihoya daraja o’sish bilan hadsiz vujudlarni qozonishga bir sababchi va o’zidan yanada qiymatdor, boqiy, behisob vujudlarni meva tarzida bergan bir hikmat kalimasi ekanini va unga bog’lanib bir on yashamoq abadiy vujud darajasida qiymatdor ekanini ilmal-yaqiyn bildim. Chunki, iymon bergan shuur ila bu vujudim, Vojibul-Vujudning (Mavjudligi muqarrar bo’lgan Zotning) asari va san`ati va jilvasi ekanini anglamoqla, vahshiy vahimalardan va hadsiz firoqlardan va hadsiz ayriliq va firoqlarning alamlaridan qutilib mavjudotga, xususan jonzotlarga taalluqli bo’lgan faoliyat va Ilohiy Ismlar adadicha birodarlik aloqalari ila munosabat paydo qilgan va men sevgan barcha mavjudotlarga vaqtinchalik firoq ichra doimiy bir visol borligini bildim. Xullas, iymon bilan va iymondagi bog’lanish ila, har bir mo’`min kabi, bu vujudim ham hadsiz vujudlarning firoqsiz nurlarini qozonadi. O’zi ketsa ham ular orqasida qolganidan o’zi qolgandek mamnun bo’ladi.

Xulosa: O’lim firoq emas, visoldir, makon o’zgartirishdir, boqiy bir mevaning nihol bo’la boshlashidir...

Аудио мавжуд эмас