Lemalar lot | Yigirma Oltinchi Lam’a | 34
(1-46)

Iymonga bog’lanish orqali Qodiyri Mutlaq shunday bir Sultonga bog’lanasanki, zamin yuzida har bahorda to’rt yuz ming millatdan tarkib topgan o’simliklar va hayvonlar lashkarlarining barcha jihozlarini kamoli intizom ila berish bilan birga dastavval inson o’laroq, hayvonotning muazzam lashkarining barcha rizqlarini, nafaqat madaniy insonlarning oxirgi vaqtlarda kashf qilgan go’sht va shakar va boshqa taomlarning xulosalarini, balki yuz daraja u madaniy xulosalardan yanada mukammalroq va barcha taomlarning har bir turini urug’ va danak deyilgan Rahmoniy xulosalarga joylashtirib va u xulosalarni esa ularni pishirishga va unib o’stirishga doir taqdir ta`rifnomalariga o’rab, muhofaza qilish uchun kichik sandiqchalarga solib, saqlab turadi. U sandiqchalarning yaratilishi, (كن) "Kun" amrida bo’lgan ( كاف. نون) "Kof", "Nun" (harflarining) fabrikasidan shunchalar tez va oson va ko’p chiqadiki, Qur`on der: "Xoliq amr qiladi, vujudga keladi". Modomiki sen iymonga bog’lanish tufayli bunday bir tayanch nuqtasini topa olganingdan hadsiz bir quvvatga va qudratga tayana olar ekansan. Men ham oyatdan bu darsni olganim sari shunday bir ma`naviy quvvat topdimki, nafaqat hozirgi dushmanlarimga, balki butun dunyoga bas kela oladigan bir iymoniy iqtidor his qilib butun ruhimla حَسْبُنَا اللّهُ وَنِعْمَ الْوَكِيلُ dedim.

 

Uchinchi Martabai Nuriyai Hasbiya.

Men o’sha g’urbatlar va xastaliklar va zulmlarning tazyiqi ila dunyodan aloqam uzilganini ko’rib, abadiy bir olamda va boqiy bir mamlakatda doimiy saodatga nomzot ekanimni iymon bildirayotgan hangomda xasrat oqitgan "uf! uf!"lardan voz kechib, xursandchilik bahsh etuvchi "oh! oh!"lar aytdim. Biroq bu xayoldagi g’oya va ruhdagi maqsad va fitratdagi natijaning amalga oshishi uchun faqat va faqat barcha maxluqotning barcha harakatlarini va sukunatlarini va ahvol va amallarini so’zda va amalda bilgan va qayd etgan va bu kichkinagina va mutlaq ojiz insoniyatni o’ziga do’st va suhbatdosh qilgan va unga barcha maxluqotdan ustun bir maqom bergan bir Qodiyri Mutlaqning hadsiz qudrati ila va insonga cheksiz inoyat va ahamiyat berishi ila bo’la oladi deya o’ylarkanman, bu ikki nuqtada, ya`ni bunday bir qudratning faoliyati va zohiran ahamiyatsiz insonning haqiqiy ahamiyati haqida iymonni ziyodalashtiruvchi va qalbni to’ydiruvchi bir izoh istadim. Yana u oyatga murojaat qildim. Dediki: " حَسْبُنَا dagi نَا ga diqqat qilib, sen bilan birga holati va tili bilan حَسْبُنَا ni yana kimlar so’ylamoqdalar, tingla," deya amr etdi.

Аудио мавжуд эмас