Lemalar lot | Yigirma Oltinchi Lam’a | 31
(1-46)

Ham ul dahshatli vaziyatdan, koinot mavjudotining qorong’u ko’ringan yuzini oydinlatdi. Men ham o’sha vaqt ul holat uchun shukr qilishni istadim. Shu arabiy jumla esga keldi, tom o’sha Haqiqatni tasvirladi. Shunday dedimki,

اَلْحَمْدُ ِللّهِ عَلَى نُورِ اْلاِيمَانِ الْمُصَوِّرِ مَا يُتَوَهَّمُ اَجَانِبَ اَعْدَاءً

اَمْوَاتًا مُوَحِّشِينَ اَيْتَامًا بَاكِينَ ; اَوِدَّاءَ اِخْوَانًا اَحْيَاءً مُونِسِينَ

مُرَخَّصِينَ مَسْرُورِينَ ذَاكِرِينَ مُسَبِّحِينَ

Ya`ni, "U shiddatli holatning ta`siridan kelgan g’aflat ila koinotning mavjudotlari, bir qismi dushman va ajnabiy(*), bir qismi mudhish janozalar, boshqa qismi esa yolg’izlikdan yig’lagan yetimlar suratida, g’ofil nafsimga vahimali ko’rsatilgan bu qo’rqinchli lavhani nuri iymon ila aynal-yaqiyn ko’rdimki, ul ajnabiy va dushman bo’lib ko’ringanlarning har biri do’st va qardoshdirlar. Va ul mudhish janozalari esa qisman hayotdor va munis va qisman vazifadan ozod etilganlardir. Va ul yig’lagan yetimlarning dod-voylari esa zikr va tasbehning nag’malari ekanini nuri iymon ila ko’rganimdan ul hadsiz ne`matlarning manbai bo’lmish iymonni menga bergan Xoliqi Zuljalolga hadsiz hamd aytaman. Va bu dunyoda dunyodek ulkan xususiy dunyoimdagi butun mavjudotni Allohga hamd va tasbehda tasavvur qilishga va niyatim bilan iste`mol qilishga haqli bo’lganim nuqtai nazaridan, butun u mavjudotning har birining va umumining holatlari bilan "Alhamdulillohi ala nuril-iymon" deymiz", deganidir.

Ham ul mudhish g’aflatkorona holat tufayli yo’qqa chiqqan hayotning zavqlari va butunlay puchga chiqqan orzu-umidlar va eng tor doira ichida siqilib qolgan, balki mahv bo’lgan shaxsimga oid ne`matlar, lazzatlar birdan, boshqa risolalarda qat`iy bir suratda isbotlanganidek, iymon nuri ila qalb atrofidagi u tor doirani shunday kengaytirdiki, koinotni o’z ichiga oldi va ul Xo’rxo’r bog’idagi qurigan va lazzati qochgan ne`matlar o’rnida dunyo va oxirat diyorlarini bittadan ne`mat dasturxoni va bittadan rahmat vositachisi shakliga keltirdi. Ko’z, quloq, qalb kabi inson a`zolarining o’nta emas, yuztasining har birini g’oyat uzun bir qo’l suratida, har mo’`minning darajasi nisbatida, Rahmonning ul ikki dasturxoniga uzatib, har tarafidan ne`matlarni to’playotgan bir tarzda ko’rsatganidan, ham bu oliy haqiqatni ifodalash uchun, ham u hadsiz ne`matga shukur tariqasida, o’sha vaqtlar bunday degandim:

اَلْحَمْدُ ِللّهِ عَلَى نُورِ اْلاِيمَانِ الْمُصَوِّرِ للِدَّارَيْنِ مَمْلُوؤَتَيْنِ مِنَ النِّعْمَةِ

وَ الرَّحْمَةِ لِكُلِّ مُؤْمِنٍ حَقًّا يَسْتَفِيدُ مِنْهُمَا بِحَوَاسِّهِ الْكَثِيرَةِ الْمُنْكَشِفَةِ بِاِذْنِ خَالِقِهِ

Ya`ni, "Dunyo va oxiratni ne`mat va rahmat ila to’ldirgan bir suratda, haqiqiy mo’`minlarning nuri iymon va Islomiyat ila ochilgan va boyigan butun hislarining qo’li bilan ul ikki muazzam dasturxondan istifoda qilishni ta`minlagan va ko’rsatgan nuri iymon ne`matiga javoban ul iymonni menga bergan Xoliqimga butun vujudimning butun zarralari ila, qo’limdan kelsa, dunyo va oxirat to’la hamd va shukr qilaman," deganidir. Modomiki iymon bu olamda bunday ulkan ta`sirga ega ekan, albatta boqiy diyorda shunday samaralari va fayzlari bo’ladiki, bu dunyo aqli bilan ularni qamrab bo’lmas va ta`riflab bo’lmas.



(*)Ya`ni zilzila, bo’ron, to’fon, qahat, o’t balosi kabi.

Аудио мавжуд эмас