Lemalar lot | Yigirma Oltinchi Lam’a | 30
(1-46)

Ha, lillahilhamd, shu oyatning haqiqati iymonning fayzi ila Yigirmanchi Maktub kabi risolalarda qat`iy isbot qilganimiz kabi, ruhga va qalbga har kimning iymonining quvvati nisbatida ochiladigan shunday bir tayanch nuqtasini berdiki, u vaziyatning dahshatidan yuz barobar ziyoda qo’rqinchli, zararli musibatlarga bas kela olardi. Shu oyatning haqiqati, bunday bir quvvatni Allohga iymon ruknidan berdi. Va shu narsani eslatdiki, "Sening Xoliqing bo’lmish shu mamlakatning Moliki haqiqiysining amriga har narsa bo’ysunadi. Har narsaning tizgini Uning qo’lidadir. Unga bog’lansang yetar."

U Xoliqimga tayanib tanigandan so’ng dushman vaziyatida bo’lgan barcha narsalar dushmanliklarini tark etdi, yig’latgan hazin hollar meni jonlantira boshladi. Ham ko’p risolalarda qat`iy isbotlaganimizdek, u hadsiz orzular oldida "oxiratga iymon"dan kelgan nur ila shunday bir madad nuqtasini berdiki, nafaqat kichik va vaqtinchalik, o’tkinchi dunyodagi ahboblarga nisbatan orzu va aloqalarimga, balki abadul-obodda, baqo olamida, abadiy saodatda hadsiz cheksiz orzularimga kifoya bo’ladigan bir madad nuqtasini berdi. Chunki rahmatning bir jilvasi ila vaqtinchalik musofirxonasi bo’lmish bu dunyoning bir manzili bo’lmish bu zaminning yuzida ul musofirlarini bir-ikki soat sevintirmoq uchun, bahor dasturxonida haddu-hisobi yo’q san`atli, shirin ne`matlarini har bahor ehson etib, bir nonushta hukmida ul musofirlariga yedirgandan so’ng abadiy makonlarida sakkizta doimiy jannatni hadsiz bir zamonda, ne`matlarning hadsiz navlari ila to’ldirib bandalariga tayyorlab qo’ygan bir Rahmonur-Rahiymning rahmatiga iymon ila bog’lanib aloqasini bilgan inson, albatta shunday bir madad nuqtasini topadiki, uning eng oddiy darajasi, hadsiz abadiy orzularga madad berib davom etdiradi.

Ham u oyatning haqiqati ila iymonning ziyosidan kelgan nur shunday porloq bir suratda ko’rindiki, u zulmatli bo’lgan olti jihatni kunduzdek oydinlatdi. Chunki bu madrasam va shaharda talaba va do’stlarimning orqalaridan qolib yig’lamoqchi bo’lib turgan vaziyatimni shunday oydinlatdiki, "Do’stu-yorlaring ketgan olam qorong’u emas, faqat joylarini o’zgartirdilar. Yana ko’rishasizlar," deya eslatdi. Yig’imni batamom to’xtatdi. Va dunyoda ularning o’rnini bosadigan va ularga o’xshaydiganlarni topishimni anglatdi.

Ha, lillahilhamd, ham vafot qilgan Van madrasasini Isparta madrasasi ila tiriltirib, u yerdagi do’stu-yorlarni esa yanada ko’p, yanada qiymatdor talaba va do’stu-yorlar berish bilan ma`nan tiriltirdi. Ham shuni bildirdiki, dunyo bo’sh, xoli emas va xarob bo’lgan mamlakat degan tasavvurim to’g’ri emas, balki Moliki Haqiqiy o’z hikmatining taqozosi ila insonlarning sun`iy lavhasini almashtiradi, maktubini yangilaydi. Bir daraxtning bir qism mevalarini uzgan bilan o’rniga boshqa mevalari chiqqani kabi, insoniyatdagi bu zavol va firoq ham bir tajadduddir, bir yanglanishdir. Iymon nuqtai nazarida do’stu-yordan ayrilishdan kelgan alamli qayg’u emas, balki boshqa go’zal bir joyda ko’rishmoq sharti ila ayriliqdan kelgan lazzatli bir ma`yuslik beruvchi bir yangilanishdir.

Аудио мавжуд эмас