Lemalar lot | Yigirma Oltinchi Lam’a | 33
(1-46)

O’N TO’RTINCHI UMID.

To’rtinchi Shu`la bo’lmish Oyati Nuriyai Hasbiyaning boshidagi xulosasi deydiki: Bir vaqtlar ahli dunyo meni har narsadan cheklab qo’yganlari uchun besh xil g’urbatlarga tushgandim. Siqilishdan kelgan bir g’aflat ila Risolai Nurning tasalli beruvchi va madad qiluvchi nurlariga boqmay, to’g’ridan to’g’ri qalbimga boqdim va ruhimni izladim. Ko’rdimki, menda boqiylikka g’oyat quvvatli bir ishq va mavjudlikka shiddatli bir muhabbat va hayotga buyuk bir ishtiyoq va hadsiz ojizlik va benihoya faqirlik hukm surayotgandi. Holbuki, mudhish bir fano ul baqoni so’ndirardi. O’sha holatda kuyinchak bir shoirning degani kabi dedim:

Dil baqosin, Haq fanosin istadi mulku tanim,

Bir davosiz dardga tushdim, oh-ki Luqmon bexabar!

Ma`yusona boshimni egdim. Birdan حَسْبُنَا اللّهُ وَنِعْمَ الْوَكِيلُ menga madadga keldi. "Meni diqqatla oqi," dedi. Men ham kunda besh yuz marta oqidim. Oqiganim sari, nafaqat ilmal-yaqiyn, balki aynal-yaqiyn suratida juda qiymatli nurlaridan toqqiz "Martabai Hasbiya" menga ochildi.

BIRINCHI Martabai Nuriyai Hasbiya.

Mendagi ishqi baqo (boqiylikka bolgan ishq) mendagi baqoga emas, balki sabablarsiz va bevosita mahbub bolgan mutlaq kamol sohibi Zoti Zulkamol va Zuljalolning bir ismining bir jilvasining mohiyatimdagi bir soyasi bolganidan, fitratimda ul Komili Mutlaqning borligiga va kamoliga va baqosiga yuzlangan fitriy muhabbat, gaflat tufayli yolini yoqotgan, soyaga yopishgan, oynaning baqosiga oshiq bolgandi,  حَسْبُنَا اللّهُ وَنِعْمَ الْوَكِيلُ keldi, pardani olib tashladi. Kordim va his qildim va haqqal-yaqiyn zavqini totib bildimki, boqiyligimning lazzati va saodati, aynan va yanada mukammal tarzda, Boqiyi Zulkamolning boqiyligiga va mening Rabbim va Ilohim ekanini tasdiq etib iymon va e`tiqod qilishimdadir. Buning dalillari hissiyot sohiblarini hayratda qoldiradigan goyat chuqur va nozik tarzdagi on ikki "Ham... Ham..."lar va iymoniy tushunchalar ila Risolai Hasbiyada bayon etilgan.

Ikkinchi martabai Nuriyai Hasbiya.

Fitratimdagi hadsiz ojizligim bilan birga keksalik va gurbat va yolgizligim ichra, ahli dunyo oz hiylalari, josuslari bilan menga hujum qilgan hangomda qalbimga dedim: "Qollari bogliq, zaif va xasta yolgiz odamga qoshinlar hujum qilmoqda. Men uchun bir tayanch nuqtasi yo’qmi?" deya حَسْبُنَا اللّهُ وَنِعْمَ الْوَكِيلُ oyatiga murojaat qildim. Menga u oyat bildirdiki:

Аудио мавжуд эмас