Lemalar lot | Yigirma Oltinchi Lam’a | 36
(1-46)

Beshinchi Martabai Nuriyai Hasbiya.

Yana bir vaqt hayotim juda og’ir sharoitda qoldi va diqqat-nazarimni umrga va hayotga burdi. Ko’rdimki, umrim suvdek oqib ketmoqda, oxiratga yaqinlashgan. Hayotim ham tazyiqlar ostida so’na boshlabdi. Holbuki, Hay* ismiga doir risolada izohlanganidek, hayotning muhim vazifalari va ulkan fazilatlari va qiymatli foydalari buningdek tez so’nish uchun emas, balki uzun umr kechirishga loyiq deya, alam ichra o’ylanib qoldim. Yana Ustozim bo’lgan حَسْبُنَا اللّهُ وَنِعْمَ الْوَكِيلُ oyatiga murojaat etdim. Dedi: "Senga hayotni bergan Hayyi Qayyumga* ko’ra hayotga boq!"

Men ham boqdim, ko’rdimki: Hayotimning menga qarashli tarafi bir bo’lsa, Zoti Hayyi Qayyumga qarashli tarafi yuz ekan. Va menga oid natijasi bir bo’lsa, Xoliqimga oid qismi ming ekan. Shu holda rizoi Ilohiy doirasida bir on yashamog’i kifoyadir, ko’p vaqt istamaydi. Bu Haqiqat to’rt masala yordamida bayon etiladi. O’lik bo’lmaganlar va yohud tirik bo’lishni istaganlar hayotning mohiyatini va haqiqatini va haqiqiy huquqini u to’rt masala ichida izlasinlar, topsinlar va tirilsinlar!..

Xulosasi shudirki: Hayot, Zoti Hayyi Qayyumga qaraganda va iymon ham hayotga hayot va ruh bo’lganda, baqo topadi hamda boqiy mevalar beradi. Ham shunday yuksaladiki, mangulik jilvasini oladi. Undan keyin umrning qisqa yo uzunligining ahamiyati qolmaydi.

Oltinchi Martabai Nuriyai Hasbiya.

Umumiy ayriliq bo’sag’asida turgan dunyoning xarob bo’lishidan xabar bergan oxirzamon hodisalari ichra, xususiy ayrilig’imni xotirlatgan keksalik, hamda umrimning so’ngida haddan ortiq ta`sirchanlik ila fitratimdagi jamolparastlik va go’zallik savdosi va kamolotga maftunlik hislari ochilgan bir paytda doimiy harob qilguvchi bo’lmish zavol va fano hamda doimo ayriliqqa sabab bo’lmish o’lim va yo’qlik, dahshatli bir suratda bu go’zal dunyo va bu go’zal maxluqotni qiymalayotganini, parcha-parcha qilib go’zalliklarni buzayotganini haddan ziyod shuur va qayg’u ila ko’rdim. Fitratimdagi ma`joziy (o’tkinchi narsalarga bo’lgan) ishq bu hol qarshisida shiddatli g’alayon va isyonga kelgan vaqt bir tasalli izlab yana bu oyati hasbiyaga murojaat etdim. Dedi: "Meni o’qi va diqqat bilan ma`noimga boq!"

Men ham Surai Nurdagi  اَللّهُ نُورُ السَّموَاتِ وَاْلاَرْضِ (ila oxir) oyatining rasadxonasiga kirib, iymonning durbini ila oyati hasbiyaning eng uzoq tabaqalariga va iymoniy shuur zarrabini (mikroskopi) ila eng nozik sirlariga boqdim, ko’rdim:

Аудио мавжуд эмас