Lemalar lot | Yigirma Oltinchi Lam’a | 32
(1-46)

Xullas, ey men kabi keksalik tufayli juda ko’p do’stlaridan ayriliq achchig’ini totgan keksalar! Sizning eng keksangiz zohiran mendan naqadar keksa bo’lsa ham, ma`nan men ulardan ziyoda keksaman deya tahmin qilaman. Chunki fitratimda insonlarga achinish hissi juda ziyodaligidan o’z alamimdan tashqari yana minglab qardoshlarimning ham alamini ul shafqat siriga ko’ra tortganimdan, yuzlab yil yashagandek keksayganman. Va siz naqadar ko’p ayriliq balosini chekkan bo’lsangizda, menchalik u baloga duch kelmagansiz. Chunki o’g’lim yo’qdirki, faqat o’g’limni o’ylasam. Mendagi fitriy bo’lgan bunday serachinuvchanlik va shafqat, minglab Musulmon avlodlarining, hatto ma`sum hayvonlarning alamlariga nisbatan ham, ul shafqat siriga ko’ra bir achinish, bir alam, his etaman. Xususiy uyim yo’qki, fikrimni yolg’iz unga jalb etsam. Balki bu mamlakat bilan va balki Islom olami qit`si bilan, Islom hamiyati nuqtai nazaridan, xuddi uyimdek bog’langanman. Va ul ikki buyuk uydagi dindoshlarimning alamlaridan alamzada va firoqlaridan mahzun bo’laman!

Ushbu keksaligimdan va firoq balolaridan kelgan barcha qayg’ularimga nuri iymon men uchun kifoya qildi, sinmas bir rijo, uzilmas bir umid, so’nmas bir ziyo, bitmas bir tasalli berdi. Albatta sizlarga keksalikdan kelgan qorong’ulik va g’aflat va ta`sirchanlik va alamlarga qarshi iymon kifoya va yetarlidir. Aslida eng qorong’u va eng nursiz va tasallisiz keksalik va eng alamli va mudhish firoq, ahli zalolatning va ahli safohatning keksaliklari va firoqlaridir. Ul umidni va ziyo va tasallini bergan iymondan zavq olmoq va ta`sirini his qilmoq uchun keksalikka loyiq va Islomiyatga muvofiq ibodatkorona bir ongli vaziyatni o’zida jo qilmoq lozim bo’ladi. Yo’qsa, yoshlarga o’xshashga urinib, ularning sarxushona g’aflatlariga boshini suqib, keksaligini unutish bilan bo’lmaydi.

خَيْرُ شَبَابِكُمْ مَنْ تَشَبَّهَ بِكُهُولِكُمْ وَشَرُّ كُهُولِكُمْ مَنْ تَشَبَّهَ بِشَبَابِكُمْ (av kamo qol) mazmunidagi hadisni eslangiz. Ya`ni, "Yoshlaringizning eng yaxshisi, bosiqlikda va gunohlardan tiyilishda keksalarga o’xshaganidir. Va keksalaringizning eng yomoni, gunoh qilishda va boshini g’aflatga suqishda yoshlarga o’xshaganidir."

Ey keksa qardoshlarim va keksa hamshiralarim! Hadisi Sharifda bordirki, "Oltmish-yetmish yoshlardagi keksa bir mo’`min dargohi Ilohiyga qo’lini ko’tarib duo qilganda, rahmati Ilohiya uning qo’lini bo’sh qaytarishdan uyaladi." Modomiki rahmat sizga nisbatan bundayin hurmat qilmoqda, siz ham rahmatning bu hurmatiga toat-ibodat bilan ehtirom ko’rsating.

Аудио мавжуд эмас