Lemalar lot | Yigirma Oltinchi Lam’a | 29
(1-46)

Shu vaqt angladimki, Vatanimdagi bu g’urbatga chidolmayman. Yo men ham qabrga, ularning yoniga ketishim kerak, va yohud tog’da bir g’orga kirib ajalimni u yerda kutishim darkor deb o’yladim. Dedim: "Modomiki dunyoda bunday chidab bo’lmas, sabrni sindiruvchi, yengib bo’lmas, yondiruvchi ayriliqlar bor ekan, albatta o’lim hayotdan afzal. Hayotning bu og’ir vaziyati chidab bo’ladigan dardlardan emas."

O’sha vaqt jihati sitta deyilgan olti tarafga nazar soldim. Ularni zulmatli suratda ko’rdim. Ul shiddatli taassurotdan kelgan g’aflat menga dunyoni qo’rqinchli, bo’sh, xoli, boshimga yiqiladigan bir tarzda ko’rsatdi. Ruhim esa dushman vaziyatini olgan hadsiz balolarga qarshi tayanch izlayotgan bir paytda hamda ruhdagi abadiyat qadar uzangan hadsiz orzularni to’ydirish uchun madad istayotgan bir paytda hamda hadsiz firoq va ayriliqdan va taxrib va vafotdan kelgan qayg’u va g’amga qarshi tasalli kutayotgan bir paytda, birdan Qur`oni Mo’`jizul-Bayondagi

سَبَّحَ لِلّهِ مَا فِى السَّموَاتِ وَاْلاَرْضِ وَهُوَ الْعَزِيزُ اْلحَكِيمُ ۞

لَهُ مُلْكُ السَّموَاتِ وَ اْلاَرْضِ يُحْيِى وَ يُمِيتُ وَ هُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ

oyatining haqiqati namoyon bo’ldi. U achinarli, g’urbatli, dahshatli, qayg’uli xayoldan meni qutqardi, ko’zimni ochirdi. Ko’rdimki, mevador daraxtlarning boshlaridagi mevalari tabassum qilayotgan bir tarzda menga boqayotirlar, "Bizga ham diqqat qil, faqatgina xarobalarga qarayverma," deyishardi. Bu oyati karimaning haqiqati shuni eslatardiki:

"Van sahrosining sahifasida musofir bo’lmish insonlarning qo’li bilan yozilgan va shahar suratini olgan sun`iy bir maktubning Rus istilosi deyilgan dahshatli bir sel balosiga tushib yuvilib ketishi, nima uchun seni bunchalik ta`sirlantirmoqda? Asil Moliki Haqiqiy va har narsaning sohibi va Rabbi bo’lgan Naqqoshi Azaliyga boqki, bu Van sahifasidagi Uning maktublari kamoli dabdaba ila, avvallari sen ko’rgan vaziyatdagidek davom etib yozilmoqdalar. "U yerlar bo’sh, xarob, xoli qoldi," deya yig’lashlaring Moliki Haqiqiysidan g’aflatda qolganingdan va insonlarni musofir deb tasavvur qilmay, molik deb o’ylab yanglishayotganingdan kelib chiqadi."

Biroq u yanglishdan va u yondiruvchi vaziyatdan bir haqiqatning eshigi ochildi. Va ul haqiqatni tom qabul qilishga nafs hozirlandi. Ha, masalan temir otashga suqiladi, toki yumshasin, go’zal va manfaatdor shakl berilsin. Xuddi shuningdek, ul qayg’uli holat va dahshatli vaziyat ham otash bo’lib nafsimni yumshatdi. Qur`oni Mo’`jizul-Bayon mazkur oyatning haqiqati ila unga iymon haqiqatining fayzini tom ko’rsatdi, qabul qildirdi.

Аудио мавжуд эмас