Lemalar lot | O’ttizinchi Lam`a | 1
(1-50)

O’ttizinchi Lam`a

O’ttiz Birinchi Maktubning O’ttizinchi Lam`asi va Eskishahar hapsxonasining bir mevasi, «Olti Nuqta»dir.

 

Denizli Madrasayi Yusufiyasining bir darsi a`zami «Meva Risolasi» bo’lgani va Afyon Madrasayi Yusufiyasining qiymatdor bir darsi akmali «Alhujjatuzzahro» bo’lgani kabi.. Eskishahar Madrasayi Yusufiyasining g’oyat quvvatli bir darsi a`zami-da, ismi a`zamni toshigan olti ismning olti nuqtasini bayon etgan bu O’ttizinchi Lam`adir.

(Ismi A`zamdan Hayyi Qayyumga doir parchada juda chuqur va keng masalalarni harkas birdan bilolmas va zavq etmas, faqat hissasiz ham qolmas.)

 

Birinchi Nuqta

Ismi Quddusning bir nuqtasiga doirdir.

(Bu Quddus Nuqtasi, O’ttizinchi So’zning Ilovasining Ilovasi bo’lishi munosibdir.)

 

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

وَاْلاَرْضَ فَرَشْنَاهَا فَنِعْمَ الْمَاهِدُونَ

oyatining bir nuqtasi va bir ismi A`zam vayoxud Ismi A`zamning olti nuridan bir nuri bo’lgan «Quddus» ismining bir jilvasi Shaboni Sharifning oxirida, Eskishahar xapsxonasida menga ko’rindi. Ham mavjududoti Ilohiyani kamoli zuhur ila, ham Vahdati Rabboniyani kamoli vuzuhla ko’rsatdi. Shundayki, ko’rdim: Bu koinot va bu Yer sayyorasi, doim ishlaydigan buyuk bir fabrika va har vaqt to’lib bo’shaladigan bir uy, bir musofirxonadir. Holbuki bunday faol fabrikalar, uylar va musofirxonalar; axlatlarla, qoldiqlarla, kirlarla ko’p ifloslanadilar, bulg’angan bo’ladilar va sassiq moddalar har tarafida to’planib qolardilar. Agar juda diqqat bilan boqilmasa va tozalanmasa va supurilmassa ichida turib bo’lmas, inson u yerda bo’g’iladi. Holbuki bu fabrikayi koinot va Yer musofirxonasi shu daraja pok, toza va tozalangan va shu qadar kirsiz va bulg’anishsiz va sassiq hidsiz ki, bir keraksiz narsa va bir manfaatsiz modda va tasodufiy bir kir topilmas, zohiran topilsada, tez bir o’zgartiruvchi mashinasiga otiladi, tozalanadi. Demak bu fabrikaga qaragan zot, juda yaxshi boqmoqda. Va bu fabrikaning shunday tozalovchi bir sohibi borki, u katta fabrikani va u buyuk saroyni kichik bir xona kabi supurtirar, tozalar, bezar va nazofat etadi. Va u juda buyuk fabrikaning buyukligi nisbatida axlatlari va qolidiqlaridan qolgan iflos moddalari, iflosliklari topilmaydi. Balki buyukligi nisbatida, tozaligiga va nazofatiga diqqat etilmoqda. Bir inson, bir oyda yuvilmasa va kichik xonasini supurmasa juda kirlanadi, xunuklashadi. Demak bu saroyi olamdagi poklik, sofiylik, nuroniylik, tozalik; har doim hikmatli bir nazofatchidan, bir diqqatli poklovchidan yuzaga keladi. Va agar u doimiy tozalamoq va supurmoq va diqqat ila boqmoq bo’lmasa edi, bir yilda butun hayvonlarning yuz ming millatlari Yerning yuzida bo’g’ilajaklardi.

Аудио мавжуд эмас