Lemalar lot | O’ttizinchi Lam`a | 4
(1-50)

Mana hikmat ham bir ziyodir.. muxitli rahmat bir ziyodir.. bezash, o’lchov, me`zon, tozalash muhit bir-bir ziyodirlarki, u Shamsi Azaliyning shualaridirlar. Mana kel, qara; zalolat va kufr qanday chiqilmas botqoqlikka kiradi. Va zalolatdagi jaholat, qay daraja axmoqona bo’lganini ko’r, «Alhamdulillohi ala dinil Islom va kamolil iymon» de.

Ha, koinot saroyini toptoza tutgan bu ulviy, umumiy tozalash; albatta ismi Quddusning jilvasi va muqtazosidir. Ha, qandayki butun maxluqotning tasbehotlari Ismi Quddusga boqar; xuddi shuning kabi butun nazofatlarini ham, Quddus ismi istar.Hoshiya Nazofatning bu qudsiy bog’liqlikdandirki; اَلنَّظَافَةُ مِنَ اْلاِيمَانِ hadisi, nazofatni iymonning nuridan sanagan.

 اِنَّ اللّهَ يُحِبُّ التَّوَّابِينَ وَيُحِبُّ الْمُتَطَهِّرِينَ oyati ham, tahoratni muhabbati Ilohiyaning bir madori ko’rsatgan.

 




Hoshiya Yomon xislatlar, botil e`tiqodlar, gunohlar, bid`atlar; ma`naviy kirlardan bo’lganliklarini unutmasligimiz kerak.

Аудио мавжуд эмас