Lemalar lot | O’ttizinchi Lam`a | 5
(1-50)

O’ttizinchi Lam`aning Ikkinchi Nuqtasi

 

وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ عِنْدَنَا خَزَائِنُهُ وَمَا نُنَزِّلُهُ اِلاَّ بِقَدَرٍ مَعْلُومٍ

 

oyatining bir nuqtasi va bir ismi a`zam vayoxud ismi a`zamning olti nuridan bir nuri bo’lgan «Adl» ismining bir jilvasi, Birinchi Nuqta kabi Eskishahar Xapsxonasida uzoq uzoqdan ko’rindi. Uni yaqinlashtirmoq uchun yana tamsil yo’li ila deymiz:

Shu koinot shunday bir saroydirki, u saroyda doimiy taxrib va ta`mir ichida chalqalangan bir shahar bor.. va u shaharda har vaqt urush va sayohat ichida qaynagan bir mamlakat bor.. va u mamlakatda har zamon o’lim va hayot ichida chalqangan bir olam bor. Holbuki u saroyda, u shaharda, u mamlakatda, u olamda shu daraja hayratlanarli bir muvozana, bir me`zon, bir o’lchov hukm etadi, badohatla isbot etadiki: Bu hadsiz mavjudotda bo’lgan o’zgarish va kirim va chiqim; har bir onda umum koinotni ko’radigan, nazari taftishidan o’tqazadigan birgina zotning me`zoni ila o’lchanadi, tortiladi. Bo’lmasa baliqlardan bir baliq ming tuxum ila va nabototdan hashhash kabi bir chechak yigirma ming tuxum ila va sel kabi oqqan unsurlarning, inqioblarning hujumiyla shiddatla muvozanani buzishga harakat qilgan va istilo etmoq istagan asbob o’zlaricha bo’lsalar edi vayoxud maqsadsiz sarsari tasoduf va me`zonsiz ko’r quvvatga va shuursiz zulmatli tabiatga havola etilsa edi, u muvozanayi ashyo va muvozanayi koinot shunday buzilar ediki; bir yilda, balki bir kunda zeru zabar bo’lar edi. Ya`ni: Dengiz qarama-qorishiq narsalar ila to’lar edi, sassiq bo’lar edi; havo, zaharli moddalar ila zaharlanar edi; zamin esa bir axlatxonaga, bir o’likxonaga, bir botqoqlikka aylanar edi. Dunyo bo’g’ilar edi.

Mana jasadi hayvoniyning hujayralaridan va qondagi qizil va oq donachalar va zarralarning o’zgartirishlaridan va jihozoti badaniyaning uyg’unligidan tut, to dengizlarning kirim va chiqimiga, to zamin ostidagi chashmalarning kelishi va sarfiyotlariga.. to hayvonot va nabototning tavalludod va vafotlariga.. to kuz va bahorning taxribot va ta`mirotlariga.. to unsurlarning va yulduzlarning xizmat va harakatlariga.. to o’lim va hayotning, ziyo va zulmatning va harorat va issiqlikning  almashishlariga va yuzaga kelishlariga va to’qnashishlariga qadar shu daraja sezgir bir me`zon ila va shu qadar nozik bir o’lchov ila nizom etilar va tortilarki, aqli bashar hech bir yerda haqiqiy bo’lib hech bir isrof, hech bir foydasizlik ko’rmagani kabi; hikmati insoniya ham, har narsada eng mukammal bir intizom, eng go’zal bir o’lchovlarni ko’radi va ko’rsatadi. Balki, hikmati insoniya u intizom va o’lchovlarning bir e`lonchisi, bir tarjimonidir.

Аудио мавжуд эмас