Lemalar lot | O’ttizinchi Lam`a | 8
(1-50)

Ismi A`zamning olti nuridan uchinchi nuriga ishorat etgan

Uchinchi Nuqta

 اُدْعُ اِلَى سَبِيلِ رَبِّكَ بِالْحِكْمَةِ oyatining bir nuqtasi va bir Ismi A`zam yoki Ismi A`zamning olti nuridan bir nuri bo’lgan "Ismi Hakiym"ning bir jilvasi Ramazoni Sharifda ko’rildi. Unga yolg’iz bir ishorat bo’lib "Besh Nuqta"dan iborat Uchinchi Nuqta shoshilib yozildi; ilk nusxa holda qoldi.

Uchinchi Nuqtaning Birinchi Nuqtasi: O’ninchi So’zda ishorat etilgani kabi: ismi Hakiymning tajalliyi a`zami shu koinotni shunday bir kitob hukmiga keltirganki, har sahifasida yuzlab kitob yozilgan.. va har satrida yuzlab sahifa kiritilgan.. va har kalimasida yuzlab satr mavjuddir.. va har harfida yuzlab kalima bor.. va har nuqtasida kitobning muxtasar bir mundarijachasi mavjud bir tarzga keltirgandir. U kitobning sahifalari, satrlari, to nuqtalariga qadar yuzlab jihatda naqqoshini, kotibini shunday ochiqlikla ko’rsatmoqdaki; u kitobi koinotning mushohadasi, o’z vujudidan yuz daraja yanada ziyoda kotibining vujudini va vahdatini isbot etadi. Chunki bir harf, o’z vujudini bir harf qadar ifoda etgani holda; kotibini bir satr qadar ifoda etadi. Ha, bu kitobi kabirning bir sahifasi, zamin yuzidir. U sahifada nabotot, hayvonot toifalari adadicha kitoblar, bir-biri ichida, barobar, bir vaqtda, xatosiz, g’oyat mukammal bir suratda bahor mavsumida yozilgani ko’zga ko’rinadi. Bu sahifaning bir satri, bir bog’chadir. U bog’chada bo’lgan gullar, daraxtlar, nabototlar adadicha nizomli qasidalar; barobar, bir-biri ichida, xatosiz yozilganini ko’zimizla ko’rmoqdamiz. U satrning bir kalimasi gul ochgan, meva bermoq uchun yaprog’ini yoygan bir daraxtdir. Mana bu kalima; muntazam, mavzun, bezalgan yaproq, gul va mevalari adadicha Hakiymi Zuljalolning madhu sanosiga doir ma`nodor kalimalaridir. Go’yo gul ochgan har daraxt kabi, u daraxt ham naqqoshining madhlarini kuylayotgan nizomli bir qasidadir.

Ham go’yo Hakiymi Zuljalol, zaminning mashharida namoyon etgani antiqa va ajib asarlariga minglab ko’zla boqmoq istaydi.

Ham go’yo u Sultoni Azaliyning u daraxtga bergan ziynatlangan hadiya va nishonlari va shakllari, xususiy bayrami va rasmiy ko’rik bo’lgan bahorda podishohning nazariga namoyon etmoq uchun shunday ziynatli, o’lchovli, muntazam, ma`nodor bir shakl olgan va shunday hikmatli bir shakl berilganki; har bir chechagida, har bir mevasida bir-biri ichida ko’p vajhlar va dalillarla naqqoshining vujudiga va asmosiga shahodat etadilar. Masalan: Har bir gulda, har bir mevada bir me`zon bor. Va u me`zon, bir intizom ichida.. va u intizom, yangilangan bir tartib va o’lchov ichida.. va u o’lchov va tartib, bir ziynat va san`at ichida.. va u ziynat va san`at, ma`nodor hidlar va hikmatli tamlar ichida bo’lganidan; har bir gul, u daraxtning gullari adadicha Hakiymi Zuljalolga ishoratlar etadi. Va bu bir kalima bo’lgan bu daraxtda, bir harf hukmida bo’lgan bir mevada bo’lgan bir urug’ nuqtasi, butun daraxtning mundarijasini, programmasini toshigan kichik bir sanduqchadir. Va hokazo.. bunga qiyosan koinot kitobining butun satrlari, sahifalari bunday Ismi Hakiym va Hakimning jilvasi ila yolg’iz har bir sahifasi emas, balki har bir satri va har bir kalimasi va har bir harfi va har bir nuqtasi, bir-bir mo’`jiza hukmiga keltirilgandirki; butun sabablar to’plansa, bir nuqtasining mislini keltirolmaslar, muoraza etolmaslar. Ha, bu Qur`oni Azimni Koinotning har bir yaratilgan oyatlari, u oyatning nuqtalari va harfi adadicha mo’`jizalar ko’rsatganlaridan, albatta o’zboshimcha tasoduf, ko’r quvvat, g’oyasiz, me`zonsiz, shuursiz tabiat hech bir jihatla u hakiymona, basirona bo’lgan xos me`zonga va g’oyat nozik intizomga aralasholmaslar. Agar aralashsaydilar, albatta qorishiqlik asari ko’rinar edi. Holbuki hech bir jihatda intizomsizlik ko’rinmaydi.

Аудио мавжуд эмас