Lemalar lot | O’ttizinchi Lam`a | 9
(1-50)

Uchinchi Nuqtaning Ikkinchi Nuqtasi: "Ikki Masala"dir.

Birinchi Masala: O’ninchi So’zda bayon etilgani kabi.. nihoyat kamolda bir jamol va nihoyat jamolda bir kamol, albatta o’zini ko’rmoq va ko’rsatmoq, e`lon etmoq istamasi; eng asosli bir qoidadir. Mana bu asosli dasturi umumiyga binoandirki; bu kitobi kabiri koinotning Naqqoshi Azaliysi, bu koinotla va bu koinotning har bir sahifasi ila va har bir satri ila, hatto harflari va nuqtalari ila o’zini tanittirmoq va kamolotini bildirmoq va jamolini ko’rsatmoq va o’zini sevdirmoq uchun eng juz`iydan eng kulliyga qadar har bir mavjudning xilma-xil lisonlari ila jamoli kamolini va kamoli jamolini tanittiradi va sevdiradi.

Mana ey g’ofil inson! Bu Hokimi Hakiymi Hakimi Zuljaloli Valjamol, senga qarshi o’zini har bir maxluqi ila bunday hadsiz va porloq tarzlarda tanittirmoq va sevdirmoq istagani holda, sen uning tanittirishiga qarshi iymonla tanimasang va uning sevdirishiga muqobil ubudiyating ila o’zingni unga sevdirmasang qay daraja haddu hisobsiz bir jaholat, bir hasorot bo’lganini bil, uyg’on!..

Ikkinchi Nuqtaning Ikkinchi Masalasi: Bu koinotning Soniyi Qodir va Hakimining mulkida ishtirok yeri yo’qdir. Chunki hamma narsada nihoyat darajada intizom bo’lganidan, shirkni qabul etolmas. Chunki xilma-xil qo’llar bir ishga qo’shilsa, u ish chalkashir. Bir mamlakatda ikki podshoh, bir shaharda ikki hokim, bir qishloqda ikki rais bo’lsa; u mamlakat, u shahar, u qishloqning har ishida bir qorishiqlik boshlanishi kabi.. eng oddiy bir vazifador odam, u vazifasiga boshqasining qo’shilishini qabul etmasligi ko’rsatadiki; hokimiyatning eng asosli xossasi, albatta istiqlol va yakkalikdir. Demak intizom vahdatni va hokimiyat yakkalikni iqtizo etadi. Modomiki hokimiyatning bir vaqtinchalik soyasi, yordamga muhtoj va ojiz insonlarda bunday aralashishni rad etsa albatta darajayi rububiyatda haqiqiy bir hokimiyati mutloqga, bir Qodiri Mutloqda butun shiddati ila aralashishni rad etmoq kerakdir. Agar zarra qadar aralashish bo’lsa edi, intizom buzilar edi. Holbuki bu koinot shunday bir tarzda yaratilganki; bir urug’ni xalq etmoq uchun, bir daraxtni xalq eta oladigan bir qudrat lozimdir. Va bir daraxtni xalq etmoq uchun ham koinotni xalq eta oladigan bir qudrat lozimdir. Va koinot ichida barmoq qorishtirgan bir sherik topilsa, eng kichik bir urug’da ham hissador bo’lmoq lozim keladi. Chunki u , uning namunasidir. U holda, katta koinotda sig’magan ikki rububiyat, bir urug’da, balki bir zarrada sig’ishmog’i lozim keladi. Bu esa, maholning va botil xayollarning eng ma`nosiz va eng uzoq bir muholidir. Katta koinotning umum ahvol va kayfiyatini me`zoni odilida va nizomi hikmatida tutgan bir Qodiri Mutloqning ojiz deyishning xatoligini, hatto bir urug’da ham iqtizo etgan shirk va kufr naqadar hadsiz darajada hisobsiz bir xilof, bir xato, bir yolg’on bo’lganini.. va tavhid qay daraja haddu hisobsiz bir darajada haq va haqiqat va to’g’ri bo’lganini bil, "Alhamdulillahi ala iymon" de!..

Аудио мавжуд эмас