Lemalar lot | O’ttizinchi Lam`a | 11
(1-50)

To’rtinchi Nuqta: O’ninchi So’zda ishorat etilgani kabi: Bir Soniyi Hakim va g’oyat hikmatli bir usta, bir saroyning har bir toshida yuzlab hikmatni diqqat bilan ta`qib etsa, so’ngra u saroyga tom yasamasdan bo’sh-bo’shiga xarob bo’lishi bilan ta`qib etgani hadsiz hikmatlarni zo`ye etishini hech bir zishuur qabul etmaganini.. va bir Hakimi Mutloq, kamoli hikmatidan bir dirham qadar bir chekirdakdan yuzlab botmon foydalarni, g’oyalarni, hikmatlarni diqqatla ta`qib etgani holda; tog’ kabi katta daraxtga bir dirham qadar birta foyda, birta kichik g’oya, birta meva bermoq uchun u katta daraxtning juda ko’p masrafini qilmoqla, o’z hikmatiga butun-butun zid va muxolif bo’lib isrofli bir o’yinchoqga aylantirishi hech bir jihatla imkoni bo’lmagani kabi; aynan shuning kabi; bu koinot saroyining har bir mavjudotiga yuzlab hikmat toqqan va yuzlab vazifa ila jihozlantirgan, hatto har bir daraxtga mevalari adadicha hikmatlar va urug’lari adadicha vazifalar bergan bir Soniyi Hakim, qiyomatni keltirmaslik bilan va xashrni qilmaslik bilan, butun haddu hisobga kelmagan hikmatlarni va nihoyatsiz vazifalarni ma`nosiz, g’oyasiz, bo’sh, foydasiz zo`ye etishi, u Qodiri Mutloqning kamoli Qudratiga ajzi mutloq bergani kabi; u Hakimi Mutloqning kamoli hikmatiga hadsiz g’oyasizlik va foydasizlikni va u Rahimi Mutloqning jamoli rahmatiga nihoyatsiz chirkinlikni va u Odili Mutloqning kamoli adolatiga nihoyatsiz zulmni bermoq demakdir. Xuddiki koinotda harkasga ko’ringan hikmat, rahmat, adolatni inkor etmoqdir. Bu esa, eng ajib bir muholdirki; hadsiz botil narsalar, ichida bo’ladi. Ahli zalolat kelsin, boqsin; kiradigani va tushungani o’z qabri kabi, o’z zalolatida qay daraja dahshatli bir zulmat, bir qorong’ulik va ilonlarning, chayonlarning uyasi bir chuqur bo’lganini ko’rsin. Va oxiratga iymon bo’lsa, Jannat kabi go’zal va nuroniy bir yo’l bo’lganini bilsin, iymonga kirsin.

Beshinchi Nuqta: "Ikki Masala"dir.

Birinchi Masala: Soniyi Zuljalol, Ismi Hakimning muhtazosiyla, hamma narsada eng yengil suratni, eng qisqa yo’lni, eng oson tarzni, eng foydali shaklni ahamiyatla ta`qib etgani ko’rsatadiki; isrof, g’oyasizlik, foydasizlik, fitratda yo’qdir. Isrof esa, Ismi Hakining ziddi bo’lgani kabi; iqtisod, uning lozimidir va dasturi asosidir.

Ey iqtisodsiz isrofli inson! Butun koinotning eng asosli dasturi bo’lgan iqtisodni qilmaganingdan, naqadar xilofi haqiqat harakat etganingni bil!

 كُلُوا وَ اشْرَبُوا وَ لاَ تُسْرِفُوا  oyati; naqadar asosli, keng bir dasturni dars berganini angla!..

Аудио мавжуд эмас