Lemalar lot | O’ttizinchi Lam`a | 12
(1-50)

Ikkinchi Masala: Ismi Hakiym va Hakim, badohat darajasida Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning risolatiga dalolat va lozim etadi deyilabilir. Ha, modomiki g’oyat ma`nodor bir kitob, uni dars beradigan bir muallim istar. Va g’oyat go’zal bir jamol, o’zini ko’radigan va ko’rsatadigan bir oyna iqtizo etar. Va g’oyat kamolda bir san`at, e`lonchi bir dallol istar. Albatta har bir harfida yuzlab ma`nolar, hikmatlar bo’lgan bu kitobi kabiri koinotning muxotobi bo’lgan navi inson ichida albatta bir rahbari akmal, bir muallimi akmal bo’ladi. Toki, u kitobda bo’lgan qudsiy va haqiqiy hikmatlarni dars beradigan.. ,balki koinotdagi hikmatlarning vujudini bildiradigan.. balki koinotning hilqatidagi Rabboniy maqsadning zuhuriga, balki hosil bo’lishiga vasila bo’ladigan.. va umum koinotda Holiq tarafidan g’oyat ahamiyatla izhorini iroda etgani kamoli san`atini, jamoli asmosini bildiradigan, oynadorlik etadigan.. va u Holiq, butun mavjudodla o’zini sevdirmoq va zishuur maxluqlaridan muqobala istaganidan, u zishuurlarning nomiga birisi u keng rububiyatning zohir bo’lishiga qarshi keng bir ubudiyat ila muqobala etib, quruqlik va dengizni jazbaga keltiradigan, Samovot va Yerni larzaga soladigan bir tan-tanali e`lon va taqdis ila, u zishuurlarning nazarini, u san`atlarning Soniyiga o’giradigan.. va qudsiy darslar va ta`limotla butun ahli aqlning quloqlarini o’ziga o’giradigan bir Kur`oni Azimushshonla, u Soniyi Hakiymi Hakimining maqsadi Ilohiysini eng go’zal bir suratda ko’rsatadigan.. va butun hikmatlarining zohir bo’lishiga va jamoli va jalolining zohir bo’lishiga qarshi eng akmal bir muqobala etadigan bir zot, Quyoshning vujudi kabi bu koinotga lozimdir, zaruriydir. Va shunday qilgan va eng akmal bir suratda u vazifalarni qilgan, bilmushohada Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamdir. Unday bo’lsa; Quyosh ziyoni, ziyo kunduzni lozim etgani darajada; koinotdagi hikmatlar, risolati Ahmadiyani (S.A.V.) lozim etadi.

Ha, qandayki Ismi Hakiym va Hakimning jilvayi a`zami ila, a`zamiy darajada risolati Ahmadiyani iqtizo etadi; xuddi shuning kabi asmoyi husnadan Alloh, Rahmon, Rahim, Vadud, Mun`im, Karim, Jamil, Rob kabi ko’p ismlarning har biri, koinotda ko’ringan bir jilvayi a`zamla, a`zamiy darajada va martabayi qat`iyatda risolati Ahmadiyani (S.A.V.) lozim etadilar.

Masalan: Ismi Rahmonning jilvasi bo’lgan keng rahmati, u Rahmatan lil olamin ila namoyon etadi. Va Ismi Vadudning jilvasi bo’lgan muhabbati Ilohiy va tarbiyayi rabboniy, u Habibi Robbul Olamin ila natija beradi, muqobala ko’radi. Va Ismi Jamilning bir jilvasi bo’lgan butun jamollar; ya`ni jamoli zot, jamoli asmo, jamoli san`at, jamoli masnuot ham, u oynayi Ahmadiyada ko’riladi, ko’rsatiladi. Va hashmati rububiyat va saltanati uluhiyatning jilvalari ham, u dalloli saltanati rububiyat bo’lgan Zoti Ahmadiyaning risolati ila bilinadi, ko’rinadi, tushuniladi, tasdiq etiladi. Va hokazo... Bu misollar kabi aksar asmoyi husnaning har biri, risolati Ahmadiyaga bir-bir porloq burhondir.

Аудио мавжуд эмас