Lemalar lot | O’ttizinchi Lam`a | 15
(1-50)

O’ttizinchi Lam`aning To’rtinchi Nuqtasi

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

قُلْ هُوَ اللّهُ اَحَدٌ

oyatining bir nuqtasi va Vohid va Ahad ismlarini ichiga olgan bir ismi a`zam yoki ismi a`zamning olti nuridan bir nuri bo’lgan "Fard" ismining bir jilvasi, Shavvoli Sharifda Eskishahar hapsxonasida menga ko’rindi. U jilvayi a`zamning tafsilotini Risola-i Nurga havola etib, bu yerda muxtasar "Yetti Ishorat"la, Ismi Fardning tajalliyi a`zamiyla ko’rsatgani tavhidi haqiqiyni, g’oyat muxtasar bayon etamiz.

Birinchi Ishorat: Fard ismi a`zami, a`zamiy bir tajalli ila koinotning hay`ati majmuasiga va har bir naviga va har bir fardiga biror sikkayi tavhid, biror xotami vahdoniyat qo’yganini, Yigirma Ikkinchi So’z ila O’ttiz Uchinchi Maktub tafsilan ko’rsatgandirlar. Bu yerda yolg’iz uch tamg’aga ishorat etamiz.

Birinchi Tamg’a: Fardiyat jilvasi, koinot yuzida shunday bir sikkayi vahdat qo’yganki, koinotni bo’linishni qabul etmas bir umumiylik hukmiga keltirgandir. Butun koinotga tasarruf etolmagan bir zot, hech bir parchasiga haqiqiy molik bo’lolmas. U tamg’a ham shudir: Koinotning mavjudodlari, navlari, eng muntazam bir fabrika charxlari kabi bir-biriga yordam etadi; bir-birining vazifasini to’ldirishga harakat qiladi. Bunday bir tayanish, unday bir-biriga yordam, bunday bir-birining savoliga javob bermoq va bir-birining yordamiga yugurmoq va bir-biriga yopishmoq, bir-biri ichiga kirmoq suratiyla shunday bir vahdati vujud tashkil etadilarki; bir insonning jasadidagi unsurlar kabi, bir-biridan ajratishga imkon bo’lmas. Bir unsurning tizginini tutgan, umumning tizginlarini tutolmasa, u bir unsurning tizginini zabt etolmas.

Mana koinotning siymosidagi bu ko’maklash, tayanish, javob berish, yopishish; juda porloq bir sikkayi kubroyi vahdatdir.

Ikkinchi Tamg’a: Zaminning yuzida va bahor siymosida shunday bir porloq xotami ahadiyat va sikkayi vahdoniyat Ismi Fardning jilvasiyla ko’rinadiki, Yer sayyorasining yuzida butun zihayotni butun fardlariyla va ahvol va qobiliyatiyla idora etmagan va umumini birdan ko’rmagan va bilmagan va ijod etmagan bir zot, ijod jihatida hech bir narsaga qo’shilmaganini isbot etadi. U sikka ham shudir: Zaminning yuzida ma`dan moddalarning, unsurlarning va jamodot maxluqotning g’oyat muntazam, faqat yoshirin tamg’alaridan tashqari; yolg’iz ikki yuz ming hayvonot toifalarining va ikki yuz ming nabotot navlarining kashta iplariyla to’qilgan naqshli shu tamg’aga boqki: Birdan bahor mavsumida, zaminning yuzida, bir-biri ichida, barobar, boshqa boshqa shakllari, boshqa boshqa xizmatlari, boshqa boshqa rizqlari, boshqa boshqa jihozotlari; hech birini adashtirmasdan, xato qilmasdan, nihoyat qorishiqlik ichida nihoyat darajada ajrarish va farqlash ila, g’oyat sezgir bir me`zonla har bir narsaga lozim bo’lgan hamma narsalarni kulfatsiz tom vaqtida kutilmagan yerdan berilganini ko’zimizla ko’rganimizdan, zaminning siymosida u holat, u tadbir, u idora shunday bir xotami vahdoniyat va shunday bir sikkayi ahadiyatdirki; butun u mavjudodni birdan, hechdan ijod etib barobar idora etmagan bir zot; rububiyat va ijod jihatiyla hech bir narsaga qarisholmas. Chunki aralashgan bo’lsa, u hadsiz keng muvozanayi idora buziladi. Faqat insonlarning u qonuni rububiyatning husnu jarayonlariga yana amri Ilohiy ila yuzaki bir xizmati bor.

Аудио мавжуд эмас