Lemalar lot | O’ttizinchi Lam`a | 16
(1-50)

Uchinchi Tamg’a: Insonning yuzida.. balki, insonning yuzi shunday sikkayi ahadiyatdirki, Odam zamonidan to qiyomatga qadar kelgan va keladigan butun inson fardlari birdan nazari mutoalasida bo’lmagan va har biriga qarshi u bir yuzda biror farqliylik alomati qo’ymagan va u kichik yuzda hadsiz farqliylik alomati qoldirmagan bir sabab, birta insonning yuzidagi xotami vahdoniyatga ijod jihatiyla qo’l uzatolmas. Ha, insonning yuziga u sikkani qo’ygan zot, albatta butun inson fardlari nazari shuhudida va doirayi ilmidadirki, har bir insonning siymosi ko’z, quloq, og’iz kabi a`zoyi asosiyda bir-biriga o’xshagani holda, biror farqliylik alomati ila, hech birisiga to’liq o’xshamas. Qandayki u siymoda ko’z, quloq kabi a`zolarning umum fardlarida bir-biriga o’xshagani, u navi insonning Sonii bir, vohid bo’lganiga shahodat etgan bir sikkayi tavhiddir; xuddi shuning kabi: Huquqi insoniyaning muhofazasi uchun boshqa navlardan ustun bo’lib, u siymolarda bir-biriga aralashish bo’lmasligi va bir biridan farqlanishi uchun, hikmatli juda ko’p farqliylik alomati ila o’xshamasliklari, u Sonii Vohidning irodasini, ixtiyotini va mashi`atini ko’rsatmoqla barobar, boshqa va juda nozik bir sikkayi ahadiyat bo’ladiki; butun insonlarni, hayvonlarni, balki koinotni xalq etmagan bir zot, bir sabab u sikkani qo’yolmas.

Ikkinchi Ishorat: Koinotning olamlari, navlari va unsurlari shunday bir-biri ichiga aralashib kirganki, koinotning hay`ati majmuasiga molik bo’lmagan bir sabab, hech bir naviga, hech bir unsuriga haqiqiy tasarruf etolmas. Xuddiki Ismi Fardning jilvayi vahdati, butun koinotni bir vahdat ichiga olgan; hamma narsa u vahdatni e`lon qiladi. Masalan: Bu koinotning chirog’i bo’lgan Quyoshning bir bo’lishi, umum koinot birining bo’lganiga ishorat etgani kabi; zihayotlarning yelpib va yuguruvchi xizmatchilari bo’lgan havo unsuri bir bo’lishi.. va oshpazlari bo’lgan otash bir bo’lishi.. va zamin bog’chasini suvlagan bulut sug’oruvchisi bir bo’lishi.. va umum zihayotning yordamiga yetishgan yomg’ir bir bo’lishi va har yerga yetishishi.. va aksar hayvonot va nabotot toifalarining har birisi umum zamin yuzida sarbast yoyilishlari, vahdati naviyalari va maskanlari bir bo’lishi; g’oyat qat`iy bir suratda ishoratlar, shahodatlardirki: Maskalari ila barobar umum u mavjudod, birta zotning moli bo’lganiga dalolat etadilar.

Mana bunga qiyosan, butun koinotning bunday bir-biriga aralashgan navlarining jami koinotni shunday bir umumiylik hukmiga keltirganki, ijod jihatiyla bo’linishni qabul etmas. Umum koinotga hukmi o’tmagan bir sabab, rububiyat jihatiyla va ijod kayfiyatiyla hech bir narsaga hukm etolmas va birta zarraga rububiyatini tinglattirolmas.

Аудио мавжуд эмас