Lemalar lot | O’ttizinchi Lam`a | 19
(1-50)

Mana bu suratda bir pashshaning ijodi, koinot qadar mushkul bo’ladi; yuz daraja mushkul mushkul ichida, balki mahol mahol ichida bo’ladi. Chunki Xoliqi Farddan boshqa hech bir narsa, hechdan va adamdan ijod etolmaganiga butun ahli din va ahli fan ittifoq etadilar. Unday bo’lsa sabablar va tabiatga havola etilsa, hamma narsaga, aksar naralardan to’plamoq surati ila vujud berib bo’ladi.

Uchinchi Nuqta: Agar hamma narsa, bir zoti Fardi Ahadga berilsa, birta narsa kabi oson bo’lishiga; agar sabablarga va tabiatga havola etilsa, birta narsaning vujudi, hamma narsa qadar mushkul bo’lishiga ishorat etgan, boshqa risolalarda izoh etilgan bir ikki tamsilni, muxtasaran bayon etamiz.

Masalan: Bir zobitga, ming askarga oid vaziyat va idora havola etilsa va bir askar ham o’n zobitning idorasiga berilsa.. u bir askarning idorasi, bir bo’linmaning idorasidan o’n daraja yanada mushkul bo’ladi. Chunki unga amr etganlar, bir biriga mone` bo’ladilar. Bir qorishiqlik ila u askar hech bir istirohat yuzini ko’rmaydi. Ham bir bo’linmadan istanilgan vaziyat va natija, birta zobitga havola etilsa; kulfatsiz, osonlik bilan u natijani hosil etadi va u vaziyatni berib biladi. Agar u vaziyatni olishni va u natijani hosil etishni, u bo’linmadaki boshsiz, amirsiz, boshliqsiz askarlarga havola etilsa, u matlub vaziyatni va natijani olmoq uchun ko’p qorishiqliklar ichida tartibsizliklarla faqatgina nuqsonli bir suratni, mushkulotla hosil etabilir.

Ikkinchi Tamsil: Masalan Ayasofiya kabi qubbali bir masjidning qubbasidagi toshlarini vaziyatini saqlash va muallaqda turishi bir ustaga berilsa, u vaziyatni ularga osonlikcha berib biladi. Agar u vaziyatga kirishi, toshlarga havola etilsa, har bir tosh umum toshlarga ham hokimi mutloq, ham mahkumi mutloq bo’lmog’i lozim keladi. Toki, bir-biriga yelka-yekaga berib, muallaqda turib bilsinlar. U holda u ustoning osonlik bilan qilgan ishini qilmoq uchun yuz usto qadar, yuz daraja ishidan yanada ziyoda ishlar qilinadi, so’ngra u vaziyatlar olinadi.

Uchinchi Tamsil: Masalan Yer sayyorasi, Zoti Fardi Vohidning bir ma`muri, bir askari bo’lganidan, yolg’iz u birta askar, u bir zotning bir amrini tinglagani uchun, mavsumlarning hosil bo’lishi va kecha va kunduz vaqtlarining vujudi va samovotdagi yuksak va hashmatli harakatning zuhuri va kinodakidek samoviy lavhalarning almashinishi kabi natijalarni qo’lga kiritmoq uchun Yer kabi birta askar, birta zotning birta amrini olmoqla, u vazifaning sevinchidan kelgan bir joziba ila majzub mavlaviy kabi aylana boshlaydi, butun u muhtasham natijalarning hosil bo’lishiga va zuhuriga vasila bo’ladi. Go’yo u bir askar, koinot yuzidagi muhtasham manevrga bir qo’mondonlik qiladi. Agar hokimiyati uluhiyati va saltanati rububiyati umum koinotni ihota etgan va hukm va amri umum mavjudodga o’tgan bir Zoti Fardga berilmasa; u holda u natijalarni, u samoviy manevrni va yerdaki mavsumlarni hosil etmoq uchun Yer sayyorasidan ming marta katta millionlab yulduzlar va kurralar, millionlab yil uzun bir masofani har yigirma to’rt soatda, har bir sanada kezmoqla u natijalar ko’rsatilishi mumkin. Mana Yer sayyorasi kabi birta ma`mur, majzub bir mavlaviy kabi markazi va madori ustida ikki harakatla hosil bo’lgan u hashmatli natijalarning hosil bo’lishi esa, vahdatda qay daraja hadsiz osonlik bo’lganiga bir misol bo’lishi kabi, ayni natijalarni qozonmoq uchun millionlab marta u harakatdan yanada mushkul va hadsiz uzun yo’llar ila u natijalarni qozonmoq qay daraja mushkul, balki muhol bo’lganiga; shirk va kufrning yo’lida qay daraja muhollar, botil narsalar bo’lganiga misoldir.

Аудио мавжуд эмас