Lemalar lot | O’ttizinchi Lam`a | 20
(1-50)

Sabablarga sig’ingalarning va tabiatparastlarning jaholatlariga bu misol ila boq. Masalan: "Bir zot horiqo bir fabrikaning yoki ajib bir soatning yoki muhtasham bir saroyning yoki mukammal bir kitobning g’oyat muntazam bir suratda qismlarini, charxlarini favqulotda san`ati ila hozir etgandan so’ng, o’zi osoncha u qismlarni tarkib etib ishlatmasdan, balki juda katta masraflar ila u qismlarni o’z-o’ziga ishlamoq va u usta o’rniga fabrikani, saroyni, soatni qilmoq, kitobni yozmoq uchun har bir juzni, har bir charxni, hatto qog’ozni, qalamni biror horiqo uskuna hukmiga keltiradi. Va ko’rinishi ko’p istagani butun hunarlarini, kamolotini izhorga vasila bo’lgan u ustozligini va san`atini ularga havola etadi" deya o’ylamoq, qay daraja aqldan uzoq va jaholat bo’lganini tushunasan! Aynan shuning kabi; sabablarga va tabiatlarga ijod berganlar, chuqur bir jaholatga tushadilar. Chunki tabiatlarning va sabablarning ustida ham g’oyat muntazam bir asari san`at bor; ular ham boshqa maxluqot kabi san`atdirlar. Ularni bunday etgan zot, ularning natijalarini ham qiladi, barobar ko’rsatadi. Urug’ni qilgan, uning ustida daraxtni u qilar; va daraxtni qilgan, uning ustida mevalarni ham u ijod etadi. Bo’lmasa boshqa boshqa tabiatlarning, sabablarning vujudga kelishlari uchun, yana muntazam boshqa tabiatlarni, sabablarni istaydilar. Va hokazo bora-bora nihoyatsiz, ma`nosiz, imkonsiz bir silsilayi mavhumotni mavjud qabul etmoq lozim keladi. Bu esa, jaholatlarning eng antiqasidir.

Beshinchi Ishorat: Ko’p yerlarda qat`iy dalillarla isbot etganmizki: Hokimiyatning eng asosli xossasi; istiqloldir, yakkalikdir. Hatto hokiyatning zaif bir soyasi; ojiz insonlarda ham, istiqloliyatini muhofaza etmoq uchun, boshqaning aralashishini shiddatla rad etadi va o’z vazifasiga boshqasining qo’shilishiga ruxsat bermaydi. Ko’p podishohlar bu aralashishini rad etiboriyla begunoh bolalarini va yaxshi ko’rgan qardoshlarini marhamatsizlarcha o’ldirganlar. Demak, haqiqiy hokimiyatning eng asosli xossasi va ajralmas bir lozimi va doimiy bir muqtazosi; istiqloldir, yakkalikdir, boshqaning aralashishini rad etadi.

Mana bu juda asosli xossa uchundirki, rububiyati mutloq darajasidagi Hokimiyati Ilohiya, g’oyat shiddatla shirkni va ishtirokni va mudohalayi g’ayrni rad etganidan, Qur`oni Mo’`jizul Bayon ham, g’oyat haroratla va shiddatla va juda ko’p takror ila tavhidni ko’rsatib; shirkni, ishtirokni azim tahdidlarla rad etadi.

Mana rububiyatdagi hokimiyati Ilohiya, tavhid va vahdatni qat`iy bir suratda iqtizo etgani va g’oyat quvvatli bir istakni va g’oyat shiddatli bir muqtazoni ko’rsatgani kabi, koinot yuzidagi nihoyat darajada mukammal va majmuyi koinotdan, yulduzlardan tut to nabotot, hayvonot, ma`danlar.. to juz`iyat va fardlarga va zarralarga qadar ko’ringan komil intizom va go’zal tartib; u fardiyatga, u vahdatga hech bir jihatla shubha keltirmas bir odil shohid, bir yaqqol burhondir. Chunki g’ayrning mudohalasi bo’lsa, bu g’oyat sezgir nizom va intizom va muvozanayi koinot albatta buzilar edi va intizomsizlik asari ko’rinar edi. لَوْ كَانَ فِيهِمَا آلِهَةٌ اِلاَّ اللّهُ لَفَسَدَتَا oyatining siri ila, bu horiqo mukammal nizomi koinot aralashardi va fasodga kirar edi.

Аудио мавжуд эмас