Lemalar lot | O’ttizinchi Lam`a | 23
(1-50)

Birinchisi: Umum ummat, umum asrlarda ishlaganlari umum hasanotning bir misli "Assababu kal Fail" siricha, Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalamning sahifayi hasanotiga o’tgani kabi; umum ummat, har kuni etganlari salovot duosining qat`iy maqbuliyati jihati ila, u hadsiz duolarning iqtizo etganlari maqom va martabani tushunmoqla, shaxsiyati ma`naviyati Muhammadiya Alayhissalotu Vassalamning bu koinot ichida qanday bir quyosh bo’lgani tushuniladi.

Ikkinchisi: Olami Islomning shajarayi kubrosining manbai, urug’i, hayoti, madori bo’lgan mohiyati Muhammadiya Alayhissalotu Vassalamning favqulotda iste`dod va jihozoti ila, olami Islomiyatning ma`naviyatini tashkil etgan qudsiy kalimotni, tasbehotni, ibodatni eng avval butun ma`nolari ila his etib qilmoqdan kelgan taraqqiyoti ruhiyasini tushun; habibiyat darajasiga chiqqan ubudiyati Muhammadiyaning (S.A.V.) viloyati, boshqa viloyatlardan naqadar yuksak bo’lganini angla!

Bir zamon birta tasbehning, birta namozda, Sahobalarning tarzi taraqqiysida yaqin bir suratda menga inkishofi, bir oy qadar ibodat darajasida ahamiyatli ko’rindi. Sahobalarning yuksak qiymatini u bilan tushundim. Demak islomiyat boshlanishida kalimoti qudsiyaning bergani fayz va nurning boshqa bir ustunligi bor. Tozaligi e`tiboriyla boshqa bir latofati, bir tarovati, bir lazzati borki; g’aflat pardasi ostida zamon o’tishiyla yoshirinadi, kamayadi, pardalanadi. Zoti Muhammadiya (S.A.V.) esa, ularni manbayi haqiqiysidan (Zoti Aqdasdan) yuksakda, toza holda, favqulotda iste`dodi ila olgan, ichgan, qabul etgan. Bu sirga binoan u zot; birta tasbehdan, boshqasining bir yil ibodati qadar fayz olishi mumkin.

Mana bu nuqtayi nazardan Zoti Muhammadiya Alayhissalotu Vassalamning, haddi va nihoyati bo’lmagan kamolot martabalarida qay daraja taraqqiy etganini qiyos et.

Uchinchisi: Bu koinotning Xoliqi, bu koinotdagi butun maqsadlarining eng ahamiyatli madori navi inson bo’lganidan va butun xitoboti Subhoniyaning eng tushunuvchi bir muhotobi navi bashar bo’lganidan; u navi bashar ichida eng mashhur, eng nomdor va asariyla va ijrooti ila eng mukammal, eng muhtasham fard bo’lgan Zoti Muhammadiyani (S.A.V.) u nav nomiga, balki umum koinot hisobiga o’ziga muhotob etgan Zoti Fardi Zuljalol, albatta uni hadsiz kamolotda hadsiz fayziga mazhar etgandir.

Mana bu uch nuqta kabi ko’p nuqtalar bor. Qat`iy bir suratda isbot etadilarki; shaxsiyati ma`naviyayi Muhammadiya (S.A.V.), koinotning ma`naviy bir quyoshi bo’lgani kabi, bu koinot deyilgan Qur`oni Kabirning oyati kubrosi va u Furqoni A`zamning ismi a`zami va Ismi Fardning jilvayi a`zamining bir oynasidir. Koinotning umum zarralarining umum zamonlardagi umum daqiqalarning butun soniyalariga ko’paytirib, ko’paytma hosili adadicha u Zoti Ahmadiyaga salotu salom, nihoyatsiz xazinayi rahmatidan tushishini, Zoti Fardi Ahadi Samaddan niyoz etamiz!..

 

سُبْحَانَكَ لاَ عِلْمَ لَنَا اِلاَّ مَا عَلَّمْتَنَا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ

 

* * *

Аудио мавжуд эмас