Lemalar lot | O’ttizinchi Lam`a | 25
(1-50)

Ham koinotning mohiyatlari ichida Zoti Xayyi Qayyumning vujubi vujudiga va vahdatiga va ahadiyatiga shahodat etgan burxonlarning eng porlog’i, eng qat`iysi va eng mukammali.. ham san`ti Ilohiya ichida eng yengili va eng zohiri, eng qiymatdor va eng arzoni, eng pok va eng porloq va eng ma`nodor bir naqshi san`ati Rabboniyadir.

Ham boshqa mavjudodni o’ziga xodim ettirgan nozanin, nozdor, nozik bir jilvayi rahmati Rahmoniyadir.

Ham shuunoti Ilohiyaning g’oyat jami` bir oynasidir.

Ham Rahmon, Razzoq, Rahim, Karim, Hakim kabi ko’p asmoyi husnaning jilvalarini jami` va rizq, hikmat, inoyat, rahmat kabi ko’p haqiqatlarni o’ziga to`be etgan va ko’rmoq va eshitmoq va his etmoq kabi umum tuyg’ularning asosi, manbai bir ajoyib hilqati Rabboniyadir.

Ham hayot, bu koinotning tazgohi a`zamida shunday bir o’zgartirish mashinasidirki, doimiy ravishda har tarafda soflantiradi, tozalantiradi, taraqqiy beradi, nurlantiradi.. Va zarralar to’dalariga, go’yo hayotning uyasi bo’lgan jasadni u zarralarga vazifa ko’rmoq, nurlanmoq, ta`limot olmoq uchun bir musofirxona, bir maktab, bir qarorgohdir. Go’yoki Zoti Hayy va Muhyi, bu mashinayi hayot vositasi ila; bu qorong’u va foniy va past bo’lgan dunyo olamini latiflashtiradi, ishiqlantiradi, bir navi baqo beradi, balki boqiy bir olamga ketishga tayyorlantiradi.

Ham hayotning ikki yuzi, ya`ni mulk, malakut vajhlari porloqdir, kirsizdir, nuqsonsizdir, yuksakdir. Shuning uchun pardasiz, vositasiz, to’g’ridan to’g’riga dasti qudrati Rabboniyadan chiqishini oshkora ko’rsatmoq uchun, boshqa ashyo kabi zohiriy sababni hayotdagi tasarrufoti qudratga parda qilinmagan bir mustasno maxluqdir.

Ham hayotning haqiqati, olti arkoni iymoniyaga boqib, ma`nan va ramzan isbot etadi. Ya`ni: Ham Vujub-ul Vujudning vujubi vujudini va hayoti saramadiyasini, ham dori oxiratni va hayoti boqiyasini, ham vujudi maloika, ham boshqa arkoni iymoniyaga juda quvvatli boqib iqtizo etgan bir haqiqati nuroniyadir.

Ham hayot, butun koinotdan sizilgan eng sof bir xulosasi bo’lgani kabi, koinotdagi eng muhim bir maqsadi Ilohiya va hilqati olamning eng muhim natijasi bo’lgan shukr va ibodat va hamd va muhabbatni natija bergan bir sirri a`zamdir.

Mana, hayotning bu mazkur yigirma to’qqiz ahamiyatli va qiymatdor xossalarini va yuksak va umumiy vazifalarini nazarga ol. So’ngra boq. Muhyi ismining orqasida, Ismi Hayyning azamatini ko’r. Va hayotning bu azamatli xossalari va mevalari nuqtasidan, Ismi Hayy qanday bir Ismi A`zam bo’lganini bil. Ham anglaki; bu hayot, modomiki koinotning buyuk natijasi va eng azamatli g’oyasi va eng qiymatdor mevasidir; albatta bu hayotning ham koinot qadar buyuk bir g’oyasi, azamatli bir natijasi bo’lishi kerakdir. Chunki daraxtning natijasi meva bo’lgani kabi, mevaning ham urug’i vositasi ila natijasi, bo’lgusi bir daraxtdir. Ha, bu hayotning g’oyasi va natijasi hayoti abadiya bo’lgani kabi bir mevasi-da, hayotni bergan Zoti Hayy va Muhyiga qarshi shukr va ibodat va hamd va muhabbatdirki; bu shukr va muhabbat va hamd va ibodat esa; hayotning mevasi bo’lgani kabi, koinotning g’oyasidir. Va bundan anglaki; bu hayotning g’oyasini "rohatcha yashamoq va g’aflatli lazzatlanmoq va havaskorona ne`matlanmoqdir" deganlar, g’oyat chirkin bir jaholatla; munkirona, balki-da kofirona, bu juda qiymatdor bo’lgan hayot ne`matini va shuur hadiyasini va aql ehsonini kamsitishlik va xorlab, dahshatli bir kufroni ne`mat etadilar.

Аудио мавжуд эмас