Lemalar lot | O’ttizinchi Lam`a | 24
(1-50)

O’ttizinchi Lam`aning Beshinchi Nuqtasi

 

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

فَانْظُرْ اِلَى آثَارِ رَحْمَتِ اللّهِ كَيْفَ يُحْيِى اْلاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا

اِنَّ ذلِكَ لَمُحْيِى الْمَوْتَى وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ

oyati azimaning va اَللّهُ لاَ اِلهَ اِلاَّ هُوَ الْحَىُّ الْقَيُّومُ لاَ تَاْخُذُهُ سِنَةٌ وَلاَ نَوْمٌ oyati azimaning bir nuqtasi  ila, Ismi A`zam vayoxud Ismi A`zamning ikki ziyosidan bir ziyosi yoki olti nuridan bir nuri bo’lgan Ismi Hayyning bir jilvasi, Shavvoli Sharifda, Eskishahar xapsxonasida, uzoqdan uzoqqa aqlimga ko’rindi. Vaqtida qayd etilmadi. Va tez u qudsiy qushni ovlolmadik. Uzoqlashgandan so’ng, hech bo’lmasa ba`zi ramzlarla u haqiqati akbarning va nuri a`zamning ba`zi shualarini muxtasaran ko’rsatamiz.

Birinchi Ramz: Ismi Hay va Ismi Muhyining bir jilvayi a`zamidan bo’lgan "Hayot nimadir? Va mohiyati va vazifasi nimadir?" savoliga qarshi  mundarijali javob shudirki:

Hayot, shu koinotning eng ahamiyatli g’oyasi..

ham eng buyuk natijasi..

ham eng porloq nuri..

ham eng latif asosi..

ham g’oyat sizilgan bir xulosasi..

ham eng mukammal mevasi..

ham eng yuksak kamoli..

ham eng go’zal jamoli..

ham eng go’zal ziynati..

ham sirri vahdati..

ham robitayi ittihodi..

ham kamolotining qaynog’i..

ham san`at va mohiyatcha eng horiqo bir ziruhi..

ham eng kichik bir maxluqni bir koinot hukmiga keltirgan mo’`jizakor bir haqiqati..

ham go’yo koinotning kichik bir zihayotda yerlashishiga vasila bo’ladiganday; katta koinotning bir navi mundarijasini u zihayotda ko’rsatmoqla barobar, u zihayotni aksar mavjudodla munosabatdor va kichik bir koinot hukmiga keltirgan eng horiqo bir mo’`jizayi qudratdir. Ham eng buyuk bir kull qadar –hayot ila- kichik bir juzni kattalashtirgan va bir fardni ham kulliy kabi bir olam hukmiga keltirgan va rububiyat jihatida koinotni parchalashni va ishtirokni va qismlanishni qabul etmas bir kull va bir kulliy hukmida ko’rsatgan favqulodda horiqo bir san`ati Ilohiyadir.

Аудио мавжуд эмас