Lemalar lot | O’ttizinchi Lam`a | 27
(1-50)

Uchinchi Ramz: Yigirma to’qqizinchi xossasida deyilganki; koinotning natijasi hayot bo’lgani kabi; hayotning natijasi bo’lgan shukr va ibodat ham, koinotning sababi hilqati va buyuk g’oyasi va maqsud natijasidir. Ha, bu koinotning Soniyi Hayyi Qayyumi bu qadar hadsiz anvoyi ne`matlari ila o’zini zihayotlarga bildirib sevdirgniga muqobil, albatta zihayotlardan u ne`matlariga qarshi tashakkur va sevdirishiga muqobil sevishlarini va qiymatdor san`atlariga muqobil madh-u sano etishlarini va amri Rabboniyasiga qarshi itoat va ubudiyatla javob berishlarini istar.

Mana bu siri rububiyatga ko’ra tashakkur va ubudiyat, butun anvoyi hayotning va demakki butun koinotning eng ahamiyatli g’oyasi bo’lganidandirki, Qur`oni Mo’`jizul Bayon juda ko’p haroratla va shiddatla va halovatla shukr va ibodatga chorlaydi. Va ibodat Janobi Haqqa maxsus va shukr unga loyiq va hamd unga xosdir deya ko’p takror ila bayon etadi. Demak bu shukr va ibodat to’g’ridan-to’g’riga Moliki Haqiqiysiga ketmoq lozim bo’lganini ifoda uchun, hayotni butun shuunoti ila pardasiz qabza-i tasarrufida tutishiga dalolat etgan

وَهُوَ الَّذِى يُحْيِى وَ يُمِيتُ وَلَهُ اخْتِلاَفُ الَّيْلِ وَالنَّهَارِ ۞

هُوَ الَّذِى يُحْيِى وَ يُمِيتُ فَاِذَا قَضَى اَمْرًا فَاِنَّمَا يَقُولُ لَهُ كُنْ فَيَكُونُ ۞

فَيُحْيِى بِهِ اْلاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا

kabi oyatlar; juda ochiq bir suratda vositalarni inkor etib, to’g’ridan to’g’riga hayotni Hayyi Qayyumning dasti qudratiga xos ravishda beradi. Ha, minnatdorlik va tashakkurni da`vat etgan va muhabbat va sano hissini harakatlantirgan, hayotdan so’ng rizq va shifo va yomg’ir kabi vasilayi shukron narsalar ham to’g’ridan to’g’riga Zoti Razzoqi Shofiyga oid bo’lganini; sabablar va vositalar bir parda bo’lganini

هُوَ الرَّزَّاقُ ذُو الْقُوَّةِ الْمَتِينُ ۞ وَ اِذَا مَرِضْتُ فَهُوَ يَشْفِينِ ۞

 وَهُوَ الَّذِى يُنَزِّلُ الْغَيْثَ مِنْ بَعْدِ مَا قَنَطُوا

kabi oyatlar ila "Rizq, shifo va yomg’ir, xos ravishda Zoti Hayyi Qayyumning qudratiga xosdir." Pardasiz, undan kelganini ifoda uchun qoidayi nahviyada alomati hashr va tahsis bo’lgan

  هُوَ الَّذِى ۞ هُوَ الرَّزَّاقُ  ifoda etgandir. Dorilarga xaysiyatlarni bergan va ta`sirni xalq etgan faqatgina u Shofiyi Haqiqiydir.

Аудио мавжуд эмас