Lemalar lot | O’ttizinchi Lam`a | 29
(1-50)

Ham hech bir jihatla aql qabul etarmikin; hadsiz rahmatli, muhabbatli va nihoyat darajada shafqatli va o’z san`atini juda sevgan va o’zini juda sevdirgan va o’zini sevganlarni ziyoda sevgan bir Zoti Qodiri Hakim, eng ziyoda o’zini sevgan va sevimli va sevilgan va Sone`ini fitratan parastish etgan hayotni va hayotning zoti va javhari bo’lgan ruhni, mavti abadiy ila i`dom etib, o’zidan u sevgili muhibbini va habibini abadiy bir suratda qustirsin, yuz o’girtirsin, dahshatli ranjida etib siri rahmatini va nuri muhabbatini inkor etsin va ettirsin? Yuz ming marta xosho va kallo!.. Bu koinotni jilvasi ila bezalgan bir jamoli mutloq va umum maxluqotni sevintirgan bir rahmati mutloqqa, bunday hadsiz bir chirkinlikdan va qabohati mutloqdan va bunday bir zulmi mutloqdan, bir marhamatsizlikdan, albatta nihoyatsiz daraja munazzahdir va muqaddasdir.

NATIJA: Modomiki dunyoda hayot bor, albatta insonlardan hayotning sirini anglaganlar va hayotini su`i iste`mol etmaganlar, dori baqoda va Jannati Boqiyada, hayoti boqiyaga mazhar bo’ladilar. Amanna.

Va ham qandayki yer yuzida bo’lgan porloq narsalarning Quyoshning akslari ila porlashlari va dengizlarning yuzlarida pufakchalari ziyoning lam`alari ila porlab so’nishlari, orqalaridan kelgan pufakchalar yana xayoliy quyoshchalarga oynalik etishlari bilbadoha ko’rsatadiki; u lam`alar, yuksak birta Quyoshning jilva-i akslanishidirlar va Quyoshning vujudini muxtalif tillar ila yod etadilar va ishiq barmoqlari ila unga ishorat etadilar. Xuddi shuning kabi: Zoti Hayyi Qayyumning Muhyi ismining jilvayi a`zami ila quruqlik yuzida va dengizning ichida zihayotlarning qudrati Ilohiya ila porlab, orqalaridan kelganlarga yer bermoq uchun "Yo Hayy!" deb pardayi g’aybda yoshirinishlari; bir hayoti sarmadiya sohibi bo’lgan Zoti Hayyi Qayyumning hayotiga va vujubi vujudiga shahodatlar, ishoratlar etganlari kabi.. umum mavjudodning nizomida asari ko’ringan ilmi Ilohiyga shahodat etgan butun dalillar va koinotga tasarruf etgan qudratni isbot etgan butun burhonlar va nizom va idorayi koinotda hukmron etgan iroda va mashi`atni isbot etgan butun hujjatlar va kalomi Rabboniy va vahiyi Ilohiyning madori bo’lgan risolatlarni isbot etgan butun alomatlar, mo’`jizalar va hokazo yetti sifati Ilohiyaga shahodat etgan butun dalillar; bilittifoq Zoti Hayyi Qayyumning hayotiga dalolat, shahodat, ishorat etadilar. Chunki qanday bir narsada ko’rmoq bo’lsa, hayoti ham bor; eshitmoq bo’lsa, hayotning alomatidir; gapirmoq bo’lsa, hayotning vujudiga ishorat etadi; ixtiyor, iroda bo’lsa hayotni ko’rsatadi.. aynan shuning kabi; bu koinotda asarlari ila vujudlari muhaqqaq va badihiy bo’lgan qudrati mutloqa va irodayi shomila va ilmi muhit kabi sifatlar butun dalillari ila Zoti Hayyi Qayyumning hayotiga va vujubi vujudiga shahodat etadilar va butun koinotni bir soyasi bilan ishiqlantirgan va bir jilvasi ila butun dori oxiratni zarralari ila barobar hayotlantirgan hayoti sarmadiysiga shahodat etadilar.

Аудио мавжуд эмас