Lemalar lot | O’ttizinchi Lam`a | 32
(1-50)

Beshinchi Ramz: Ham hayotning o’n oltinchi xossasida deyilganki: Hayot bir narsaga kirgan payti, u jasadni bir olam hukmiga keltiradi; juz esa kull kabi, juz`iya ham kulliy kabi bir jamiiyat beradi. Ha, hayotning shunday bir jamiiyati bor; xuddiki umum koinotga tajalliy etgan aksar asmoyi husnani o’zida ko’rsatgan bir jami` oynayi ahadiyatdir. Bir jismga hayot kirgan vaqt, kichik bir olam hukmiga keltiradi; xuddiki koinot shajarasining bir navi mundarijasini toshigan bir navi urug’i hukmiga o’tadi. Qandayki bir chekirdak, uning daraxtini qilib biladigan bir qudratning asari bo’lishi mumkin; xuddi shuning kabi eng kichik bir zihayotni xalq etgan, albatta umum koinotning Xoliqidir.

Mana bu hayot, bu jamiyatiyla eng yoshirin bir siri ahadiyatni o’zida ko’rsatadi. Ya`ni qandayki azamatli Quyosh, ziyosi ila va yetti rangi ila va aksi ila quyoshga muqobil bo’lgan har bir qatra suvda va har bir shisha zarrasida mavjud.. xuddi shuning kabi; har bir zihayotda koinotni ihota etgan asmo va sifati Ilohiyaning jilvalari barobar unda tajalli etadi. Bu nuqta-i nazardan hayot; koinotni, rububiyat va ijod jihatida qismlanishni va bo’linishni qabul etmas bir kull hukmiga, balki ishtiroki va aralashishi imkon xorijida bo’lgan bir kulliy hukmiga keltiradi. Ha, seni yaratgan, butun navi insonni yaratgan zot bo’lganini, bilbadoha sening yuzingdagi tamg’asi ko’rsatadi. Chunki mohiyati insoniya birdir, qismlanishi g’ayri mumkindir. Ham hayot vositasi ila ajzoyi koinot uning fardlari hukmiga va koinot esa, nav`i hukmiga o’tadi; sikkayi ahadiyatni majmuida ko’rsatgani kabi, har bir juzda ham u sikkayi ahadiyatni va xotami samadiyatni ko’rsatib shirk va ishtirokni har jihatla rad etadi.

Ham hayotda san`ati Rabboniyaning shunday favqulotda horiqo mo’`jizalari borki, butun koinotni xalq etolmagan bir zot, bir qudrat; eng kichik bir zihayotni xalq etolmas. Ha, bir noxo’t donasida butun Qur`onni yozgani kabi; chinorning g’oyat kichik bir tuxumida katta chinor daraxtining mundarijasini va taqdirini yozgan qalam, albatta samovotni yulduzlarla yozgan qalam bo’lishi mumkin. Ha, bir arining kichik boshida koinot bog’chasidagi gullarni taniydigan va aksar navlari ila munosabatdor bo’ladigan va asal kabi bir hadiyayi rahmatni keltiradigan va dunyoga kelgan kunda sharoiti hayotni biladigan darajada bir iste`dodni, bir qobiliyatni, bir jihozotni joylashtirgan zot; albatta butun koinotning Xoliqi bo’lishi mumkin.

Аудио мавжуд эмас