Lemalar lot | O’ttizinchi Lam`a | 30
(1-50)

Ham hayot, "maloikalarga iymon" rukniga ham boqadi, ramzan isbot etadi. Chunki modomki koinotda eng muhim natija hayotdir va eng ziyoda intishor etgan va qiymatdorligi uchun nusxalari ko’paytirilgan va zamin musofirxonasini kelib ketgan karvonlarla shonlantirgan zihayotlardir.. va modomiki Yer sayyorasi bu qadar zihayotning turlariyla to’lgan va doimo zihayot turlarini yangilamoq va ko’paytirmoq hikmatiyla har vaqt to’lar bo’shalir va eng past va chirigan moddalarida ham kasratla zihayotlar xalq etilib bir kichik maxluqlar mashhari bo’lmoqda.. va modomiki hayotning sizilgan eng sof xulosasi bo’lgan shuur va aql va eng latif va sobit javhari bo’lgan ruh, bu Yer sayyorasida g’oyat kasratli bir suratda xalq etilmoqdalar; Xuddiki Yer sayyorasi, hayot va aql va shuur va arvoh ila tirilib shunday shonlantirilgan... Albatta Yer sayyorasidan yanada latif, yanada nuroniy, yanada buyuk, yanada ahamiyatli bo’lgan samoviy jismlar; o’lik, jonsiz, hayotsiz, shuursiz qolishi imkon xorijidadir. Demak ko’klarni, quyoshlarni, yulduzlarni shonlantirgan va hayotdor vaziyatini bergan va natijayi xilqati samovotni ko’rsatgan va xitoboti Subhoniyaga mazhar bo’lgan zishuur, zihayot va samovotga munosib maskanlar, har holda sirri hayotla bo’ladilarki, ular ham maloikalardir.

Ham hayotning siri mohiyati "Payg’ambarlarga iymon" rukniga boqib ramzan isbot etadi. Ha, modomiki koinot, hayot uchun yaratilgan va hayot ham Hayyi Qayyumi Azaliyning bir jilvayi a`zamidir, bir naqshi akmalidir, bir san`ati go’zalidir. Modomiki hayoti sarmadiya, Rasullarning yuborilishi ila va Kitoblarning tushirilishi ila o’zini ko’rsatadi. Ha, agar Kitoblar va Payg’ambarlar bo’lmasa, u hayoti azaliya bilinmas. Qandayki bir odamning gapirishi bilan, tirik va hayotdor bo’lgani tushuniladi; xuddi shuning kabi bu koinotning pardasi ostida bo’lgan olami g’aybning orqasida aytgan, gapirgan, amr va man etib xitob etgan bir zotning kalomlarini, xitoblarini ko’rsatadigan, Payg’ambarlar va qo’llarida nozil bo’lgan Kitoblardir. Albatta koinotdagi hayot, qat`iy bir suratda Hayyi Azaliyning vujubi vujudiga qat`iy shahodat etgani kabi; u hayoti azaliyaning shu`alari, jilvalari, munosabati bo’lgan " Rasul yuborilishi " va "Kitob nozil etilishi" ruknlariga boqadi, ramzan isbot etadi. Va bilxossa risolati Muhammadiya (S.A.V.) va vahiyi Qur`oniy, hayotning ruhi va aqli hukmida bo’lganidan, bu hayotning vujudi kabi, haqqoniyatlari qat`iydir deyilabilir.

Ha, qandayki hayot, bu koinotdan sizilgan bir xulosadir.. va shuur va his ham hayotdan sizilgan, hayotning bir xulosasidir.. aql ham shuurdan va hisdan sizilgan, shuurning bir xulosasidir.. va ruh ham, hayotning xolis va sof bir javhari va sobit va mustaqil zotiydir; xuddi shuning kabi moddiy va ma`naviy hayoti Muhammadiya (S.A.V.) ham, hayot va ruhi koinotdan sizilgan xulosatul xulosasidir.. va risolati Muhammadiya ham (S.A.V.), koinotning his va shuur va aqlidan sizilgan eng sof xulosasidir, balki moddiy va ma`naviy hayoti Muhammadiya (S.A.V.), asarining shahodati ila hayoti koinotning hayotidir.. va risolati Muhammadiya (S.A.V.), shuuri koinotning shuuridir va nuridir.. va vahiyi Qur`on ham, hayotdor haqoiqining shahodati ila hayoti koinotning ruhidir va shuuri koinotning aqlidir. Ha, ha, ha... Agar koinotdan risolati Muhammadiyaning (S.A.V.) nuri chiqsa, ketsa; koint vafot etadi.. agar Qur`on ketsa, koinot devona bo’ladi va Yer sayyorasi boshini, aqlini yo’qotadi, balki shuursiz qolgan boshini bir sayyoraga uradi, bir qiyomatni keltiradi.

Аудио мавжуд эмас