Lemalar lot | O’ttizinchi Lam`a | 31
(1-50)

Ham hayot, "iymoni bil-qadar" rukniga boqadi, ramzan isbot etadi. Chunki modomiki hayot, olami shahodatning ziyosidir va istilo etadi va vujudning natijasi va g’oyasidir va Holiqi Koinotning eng jami` oynasidir va faoliyati Rabboniyaning eng mukammal namunasi va mundarijasidir, tamsilda xato bo’lmasin, bir navi programmasi hukmidadir. Albatta olami g’ayb –ya`ni moziy, istiqbol- ya`ni o’tgan va kelasi maxluqotning hayoti ma`naviyalari hukmida bo’lgan intizom va nizom va ma`lumiyat va shuhudiyat va ayon bo’lishi va amr qonunlariga ergashishi muxayyo bir vaziyatda bo’lishlarini siri hayot iqtizo etadi. Qandayki bir daraxtning urug’i asliysi va ildizi va muntahosida va mevalaridagi urug’lari ham aynan daraxt kabi bir navi hayotga mazhardirlar. Balki daraxtning hayotiy qonunlaridan yanada nozik hayot qonunlarini tashiydilar. Ham qandayki bu hozir bahordan avval o’tgan kuzning qoldirgan tuxumlari va ildizlari, bu bahor ketgandan so’ng, kelajak bahorlarga qoldiradigani urug’lar, ildizlar, bu bahor kabi jilvayi hayotni tashiydilar va hayot qonunlariga tobe`dirlar. Aynan shuning kabi; shajarayi koinotning butun shox va ildizlariyla har birining bir moziysi va istiqboli bor. O’tmish va kelajak holatlaridan va vaziyatlaridan shakllangan bir silsilasi topiladi. Har navi va har juzining ilmi Ilohiyada muxtalif holatlar ila xilma-xil vujudlari bir silsilayi vujudi ilmni tashkil etadi. Va vujudi xorijiy kabi u vujudi ilmiy ham, hayoti ilmiyaning ma`naviy bir jilvasiga mazhardirki, maqaddaroti hayot, u ma`nodor va jonli lavhayi qadariyadan olinadi. Ha, olami g’aybning bir navi bo’lgan olami arvoh, ayni hayot va moddayi hayot va hayotning javharlari va zotlari bo’lgan arvoh ila to’la bo’lishi, albatta moziy va istiqbol deyilgan olami g’aybning bir boshqa navi-da va ikkinchi qismi ham, jilvayi hayotga mazhariyatini istar va lozim etar. Ham har bir narsaning vujudi ilmiysidagi intizomi akmali va ma`nodor vaziyatlari va jonli mevalari, holatlari; bir navi hayoti ma`naviyaga mazhariyatini ko’rsatadi. Ha, hayoti azaliya quyoshining ziyosi bo’lgan bu jilvayi hayot, albatta yolg’iz bu olami shahodatga va bu zamoni hozirga va bu vujudi xorijiyga oid bo’lolmas; balki har bir olam, qobiliyatiga ko’ra u ziyoning jilvasiga mazhardir; va koinot butun olamlari ila u jilva ila hayotdor va ziyodordir. Bo’lmasa nazari zalolatning ko’rgani kabi vaqtinchalik va zohiriy bir hayot ostida har bir olam, buyuk va mudhish bir-bir janoza va qorong’u bir-bir xaroba olami bo’ladi.

Mana "qadarga va qazoga iymon" rukni ham, keng bir vajhda siri hayotla tushunilmoqda va sobit bo’lmoqda. Ya`ni qandayki olami shahodat va mavjud hozir ashyo, intizomlari ila va natijalari ila hayotdorliklari ko’rinadi, xuddi shuning kabi olami g’aybdan hisoblangan o’tgan va kelajak maxluqotning ham ma`nan hayotdor bir vujudi ma`naviylari va ruhli bir-bir sobit ilmlari bordirki, Lavhi Qazo va Qadar vositasi  ila u ma`naviy hayotning asari, muqaddarot nomi ila ko’rinadi, tazohur etadi.

Аудио мавжуд эмас