Lemalar lot | O’ttizinchi Lam`a | 28
(1-50)

To’rtinchi Ramz: Hayotning yigirma sakkizinchi xossasida bayon etilganki; hayot, iymonning olti arkoniga boqib isbot etadi; ularning yuzaga kelishiga ishoratlar etadi. Ha, modomiki bu koinotning eng muhim natijasi va mevasi va hikmati hilqati hayotdir; albatta u haqiqati oliya, bu foniy, qisqa, nuqson, alamli hayoti dunyoviyaga maxsus emasdir. Balki hayotning yigirma to’qqiz xossasi ila mohiyatining azamati tushunilgan shajarayi hayotning g’oyasi, natijasi va u shajaraning azamatiga loyiq mevasi, hayoti abadiyadir va hayoti uxroviyadir; toshi ila va daraxti ila, tuprog’i ila hayotdor bo’lgan dori saodatdagi hayotdir. Bo’lmasa bu hadsiz jihozoti muhimma ila jihozlangan hayot shajarasi; zishuur haqida, xususan inson haqida mevasiz, foydasiz, haqiqatsiz bo’lmog’i lozim keladi.. va sarmoyacha va jihozotcha sarcha qushidan masalan yigirma martaba ziyoda va bu koinotning va zihayotning eng muhim yuksak va ahamiyatli maxluqi bo’lgan inson, sarcha qushidan saodati hayot jihatida yigirma martaba past tushib eng badbaxt, eng zalil bir bechora bo’ladi. Ham eng qiymatdor bir ne`mat bo’lgan aql ham, keng zamonning alamlarini va kelajak zamonning qo’rquvlarini o’ylash bilan qalbi insonni doimo og’ritib bir lazzatga to’qqiz alamlarni qo’shganidan, eng musibatli bir balo bo’ladi. Bu esa, yuz daraja botildir. Demak bu hayoti dunyoviya, oxiratga iymon ruknini qat`iy isbot etadi va har bahorda hashrning uch yuz mingdan ziyoda namunalarini ko’zimizga ko’rsatadi. Ajabo sening jismingda, sening bog’changda va sening vataningda hayotiga lozim va munosib butun lavozimotni va jihozotni hikmat va inoyat va rahmatla izhor etgan va vaqtida yetishtirgan, hatto sening me`dangning baqo va yashamoq orzusi ila etgan xususiy va juz`iy bo’lgan rizq duosini bilgan va eshitgan va hadsiz laziz taomlarla u duoning qabulini ko’rsatgan va me`dani mamnun etgan bir Mutasarrifi Qodir, hech mumkinmidirki; seni bilmasin va ko’rmasin va navi insonning eng buyuk g’oyasi bo’lgan hayoti abadiyaga lozim sabablarni izhor etmasin va navi insonning eng buyuk, eng ahamiyatli, eng loyiq va umumiy bo’lgan baqo duosini hayoti uxroviyaning yaratilishiyla va Jannatning ijodi ila qabul etmasin va koinotning eng muhim maxluqi, balki zaminning sultoni va natijasi bo’lgan navi insonning arsh va farshni larzaga solgan umumiy va g’oyat quvvatli duosini eshitmasdan kichik bir me`da qadar ahamiyat bermasin, mamnun etmasin, kamoli hikmatini va nihoyat rahmatini inkor ettirsin? Hosho.. yuz ming marta hosho!..

Ham hech qabulmidirkin; hayotning eng juz`iysining juda yoshirin ovozini eshitsin, dardini tinglasin va darmon bersin va nozini bajarsin va kamoli diqqat va ahamiyat ila parvarish va unga diqqatla xizmat ettirsin va buyuk maxluqotini unga xizmatkor qilsin; va so’ngra eng buyuk va qiymatdor va boqiy va nozdor bir hayotning ko’k sadosi kabi yuksak ovozini eshitmasin va uning juda ahamiyatli baqo duosini va nozini va niyozini nazarga olmasin. Xuddiki bir askarning kamoli diqqat ila jixozlash va idorasini bajarsin; va mute` va muhtasham qo’shiniga hech qaramasin.. va zarrani ko’rsin, Quyoshni ko’rmasin.. pashshaning ovozini eshitsin, ko’k sadosini eshitmasin? Xosho.. yuz ming marta xosho!..

Аудио мавжуд эмас