Lemalar lot | O’ttizinchi Lam`a | 26
(1-50)

Ikkinchi Ramz: Ismi Xayyning bir jilvayi a`zami va Ismi Muhyining bir latif tajalliyi bo’lgan bu hayotning Birinchi Ramzdagi mundarijasi zikr etilgan butun martabalarni va vasflarni va vazifalarni bayon etmoq, u vasflar adadicha risolalalar yozmoq lozim kelganidan, Risola-i Nurning ajzolarida u vasflarning, u martabalarning, u vazifalarning bir qismi izoh etilganidan, qisman tafsilotni Risola-i Nurga havola etib, bu yerda bir nechtasiga muxtasaran ishorat etamiz.

Mana, hayotning yigirma to’qqiz xossalaridan yigirma uchinchi xossasida shunday deyilganki: Hayotning ikki yuzi ham shaffof, kirsiz bo’lganidan, sababi zohiriya, undagi tasavvuroti qudrati Rabboniyaga parda etilmagandir. Ha, bu xossaning siri shudirki; koinotda garchi hamma narsada go’zallik va yaxshilik va xayr bordir; va sharr va chirkinlik g’oyat jiz`iydir va vohidi qiyosiydirlarki, go’zallik va yaxshilik martabalarini va haqiqatlarining  kasratlanishini va ko’payishini ko’rsatmoq jihati ila, u sharr esa xayr va u yomonlik ham go’zallik bo’ladi. Faqat zishuurlarning nazari zohiriysida ko’ringan zohiriy chirkinlik va yomonlik va balo va musibatdan kelgan qusmoqlar va shikoyatlar Zoti Hayyi Qayyumga bormasligi uchun; ham aqlning zohiriy nazarida qiymatsiz, chirkin ko’ringan narsalarda, qudsiy munazzah bo’lgan qudratning to’g’ridan to’g’ri va pardasiz ular bilan ta`siri, qudratning izzatiga zid kelmaslik uchun, zohiriy sabablar u qudratning tasarrufotiga parda etilganlar. U sabablar esa; ijod etolmaydilar, balki haqsiz bo’lgan shikoyatlarga va e`tirozlarga nishon bo’lmoq va izzat va qudsiyat va  munazzahiyati qudratni muhofaza uchundirlar. Yigirma Ikkinchi So’zning Ikkinchi Maqomining Muqaddimasida bayon etilgani kabi; Hazrati Azroil (A.S.), qabzi arvoh vazifasi xususida Janobi Haqqa munojot etgan. Degan: "Sening qullaring mendan qusadilar." Javoban unga deyilgan: "Sening vazifang ila vafot etganlarning o’rtasiga kasalliklar va musibatlar pardasini qo’yaman; vafot etganlar senga emas, balki e`tiroz va shikoyat o’qlarini u pardalarga otadilar." Bu munojotning siriga ko’ra; o’limning va vafotning ahli iymon haqida haqiqiy go’zal yuzini ko’rmagan va undagi rahmatning jilvasini bilmaganlarning qusishlari va e`tirozlari Zoti Hayyi Qayyumga ketmasligi uchun Hazrati Azroilning (A.S.) vazifasi ham bir parda bo’lgani kabi boshqa sabablar ham zohiriy pardadirlar. Ha, izzati azamat istarki, sabablar pardadori dasti qudrat bo’lsin aqlning nazarida.. faqat vahdat va jalol istarki; sabablar, qo’llarini cheksinlar ta`siri haqiqiydan... Faqat hayotning ham zohiriy, ham botiniy, ham mulk, ham malakut vajhlari kirsiz, nuqsonsiz, qusursiz bo’lganidan; shikoyatlarni va e`tirozlarni da`vat etadigan moddalar unda bo’lmagani kabi, izzat va qudsiyati qudratga zid bo’ladigan xunuklik va chirkinlik bo’lmaganidan, to’g’ridan to’g’riga pardasiz bo’lib Zoti Hayyi Qayyumning " jon beruvchi, hayot beruvchi, tiriltiruvchi" ismining qo’liga taslim etilgandirlar. Nur ham shundaydir, vujud va ijod ham shundaydir. Shuning uchundirki; ijod va xalq to’g’ridan to’g’riga, pardasiz, Zoti Zuljalolning qudratiga boqar. Hatto yomg’ir bir navi hayot va rahmat bo’lganidan, vaqti nuzuli bir muntazam qonunga to`be qilinmagan; toki, har vaqti hojatda qo’llar dargohi Ilohiyaga rahmat istamoq uchun ochilsin. Agar yomg’ir, Quyoshning chiqishi kabi bir qonunga to`be bo’lsa edi; u ne`mati hayotiya, har vaqt umid ila istanilmasdi.

Аудио мавжуд эмас