Lemalar lot | O’ttizinchi Lam`a | 33
(1-50)

Alhosil: Hayot qandayki koinotning yuzida porloq bir sikkayi tavhiddir va har bir ziruh ham hayot nuqtasida bir sikkayi ahadiyatdir va hayotning har bir fardida bo’lgan naqshi san`at, bir muhri samadiyatdir va zihayotlarning adadicha bu koinot maktubini Zoti Hayyi Qayyum va Vohidi Ahad nomiga hayotlari ila imzo etadilar va u maktubda tavhid muhrlari va ahadiyat xotamlari va samadiyat sikkalaridirlar.. xuddi shuning kabi; hayot kabi, har bir zihayot ham, bu kitobi koinotda bir-bir muhri vahdoniyat bo’lgani kabi, har birining yuzida va siymosida bir-bir xotami ahadiyat qo’yilgandir. Ham qandayki hayot, juz`iyati adadicha va zihayot fardlari sanog’icha Zoti Hayyi Qayyumning vahdatiga shahodat etgan imzolar va muhrlardir.. xuddi shuning kabi; hayotlantirmoq va tiriltirmoq fe`li ham, fardlari adadicha tavhidga imzo bosadilar. Masalan: Hayotlantirmoqning bir fardi bo’lgan Yerni hayotlandirmoq, quyosh kabi porloq bir shohidi tavhiddir. Chunki bahorda zaminning tirilishida va hayotlanishida uch yuz ming navlarning va har navning hadsiz fardlari barobar, bir-biri ichida, nuqsonsiz, qusursiz, mukammal, muntazam hayotlantiradi va tiriladilar. Ha, bunday birgina fe`l ila hadsiz muntazam fe`llarni qilgan, albatta butun maxluqotning Xoliqidir va butun zihayotlarni hayotlantirgan Hayyi Qayyumdir va rububiyatida ishtiroki mumkin bo’lmagan bir Vohidi Ahaddir.

Hozircha hayotning xossalaridan bu qadar oz va muxtasar yozildi; boshqa xossalarining bayoni va tafsilotini Risola-i Nurga va boshqa zamonga havola etamiz.

 

Аудио мавжуд эмас