Lemalar lot | O’ttizinchi Lam`a | 36
(1-50)

Birinchi Shu`a: Bu koinotning Xoliqi Zuljaloli Qayyumdir. Ya`ni zotiyla qoimdir, doimdir, boqiydir. Butun ashyo u bilan qoimdir, davom etadi va vujudda qoladi, baqo topadi. Agar koinotdan bir daqiqagina bo’lsin u nisbati Qayyumiyat kesilsa, koinot mavh bo’ladi. Ham u Zoti Zuljalolning Qayyumiyatiyla barobar Qur`oni Azimushshonda farmon etgani kabi  لَيْسَ كَمِثْلِهِ شَيْءٌ  dir. Ya`ni na zotida, na sifatida, na fe`lida o’xshashi yo’qdir, misli bo’lmas, o’xshashi yo’qdir, sheriki bo’lmas. Ha, butun koinotni butun harakatlariyla va xolatlariyla rububiyat qo’lida tutib, bir xona va bir saroy hukmida kamoli intizom ila tadbir va idora va tarbiya etgan bir Zoti Aqdasga misl va masal va sherik va o’xshash bo’lmas, muholdir. Ha, bir zotki, unga yulduzlarning ijodi zarralar kabi oson bo’lgan.. va eng katta narsa eng kichik narsa kabi qudratiga musahhar bo’lgan.. va hech bir narsa hech bir narsaga, hech bir fe`l hech bir fe`lga mone` bo’lmagan.. va hadsiz fardlar, bir fard kabi nazarida hozir bo’lgan.. va butun ovozlarni birdan eshitgan.. va umumning hadsiz hojatini birdan qilib bilgan.. va koinotning mavjudotidagi butun intizom va me`zonlarning shahodati ila hech bir narsa, hech bir hol, doirayi mashi`at va irodasidan xorij bo’lmagan.. va hech bir makonda bo’lmagani holda, har bir yerda va har bir makonda qudrati ila, ilmi ila hozir bo’lgan.. va hamma narsa undan nihoyat darajada uzoq bo’lgani holda, u esa hamma narsaga nihoyat darajada yaqin bo’lib bilgan bir Zoti Hayyi Qayyumi Zuljalolning albatta hech bir jihatla misli, noziri, sheriki, vaziri, ziddi, tengi bo’lmas va bo’lishi muholdir. Yolg’iz masal va tamsil suratida qobiliyati qudsiyasiga boqilabilir. Risola-i Nurdagi butun tamsilot va tashbehot, bu masal va tamsil na`vidandirlar.

Mana bunday mislsiz va Vojibul Vujud va moddadan mujarrad va makondan munazzah va bo’linishi va qismlanishi har jihatla muhol va o’zgarish va almashinishi imkonsiz va ehtiyoj va ojizligi imkon xorijida bo’lgan bir Zoti Aqdasning koinot safhalarida va tabaqa-i mavjudotida tajalli etgan bir qism jilvalarini ayni Zoti Aqdas tavahhum etib bir qism maxluqotiga uluhiyatning ahkomini bergan ahli zalolat insonlarning bir qismi, u Zoti Zuljalolning ba`zi asarlarini tabiatga isnod etganlar. Holbuki Risola-i Nurning ko’pgina yerlarida qat`iy burronlarla isbot etilganki: Tabiat bir san`ati Ilohiyadir, Soniy bo’lolmas.. bir kitobati Rabboniyadir, kotib bo’lolmas.. bir naqshdir, naqqosh bo’lolmas.. bir daftardir, daftardor bo’lolmas.. bir qonundir, qudrat bo’lolmas.. bir jadvaldir, asos bo’lolmas.. bir qolibdir, fe`l bo’lar; foil bo’lolmas.. bir nizomdir, nozim bo’lolmas.. bir shariati fitriyadir, shari` bo’lolmas.

Аудио мавжуд эмас