Lemalar lot | O’ttizinchi Lam`a | 39
(1-50)

Ikkinchi Shu`a: "Ikki Masala"dir.

Birinchi Masala: Ismi Qayyumning bir jilvayi a`zamiga ishorat etgan

لاَ تَاْخُذُهُ سِنَةٌ وَلاَ نَوْمٌ ۞ مَا مِنْ دَابَّةٍ اِلاَّ هُوَ آخِذٌ بِنَاصِيَتِهَا ۞

 لَهُ مَقَالِيدُ السَّموَاتِ وَ اْلاَرْضِ

kabi oyatlarning ishorat etgani haqiqati a`zamning bir vajhi shudirki: Shu koinotdagi jismi samoviyaning qiyomlari, davomlari, baqolari; sirri Qayyumiyatla bog’liqdir. Agar u jilvayi Qayyumiyat bir daqiqada yuzini o’girsa, bir qismi Yer sayyorasidan ming marta katta millionlab kurralar, cheksiz fazo bo’shlig’ida tarqaladilar, bir biriga to’qnashadilar, yo’qlikka to’kiladilar. Qandayki masalan: Havoda -tayyoralar o’rnida- minglab muhtasham qasrlarni kamoli intizomla uchirib sayohat ettirgan bir zotning qayyumiyat iqtidori, u havodagi saroylarning sabot va nizom va davomlari ila o’lchanadi.. xuddi shuning kabi: U Zoti Qayyumi Zuljalolning moddayi efir ichida hadsiz jismi samoviyaga nihoyat darajada intizom va me`zon ichida sirri qayyumiyatla bir qiyom, bir baqo, bir davom berib, ba`zisi Yer sayyorasidan ming va bir qismi bir million marta katta millionlab azim kurralarni tirgaksiz, tayanchsiz, bo’shliqda saqlamoqla barobar, har birini bir vazifa ila vazifalantirib g’oyat muhtasham bir qo’shin shaklida "Amri Kun Fayakun"dan kelgan farmonlarla kamoli taslimiyatla itoat ettirishi, ismi Qayyumning a`zamiy jilvasiga bir o’lchov bo’lgani kabi, har bir mavjudning zarralari ham, yulduzlar kabi sirri qayyumiyatla qoim va u sir ila baqo va davom etmoqdalar. Ha, bir zihayotning jasadidagi zarralarning har bir a`zoga maxsus bir hay`at ila to’da-to’da to’planib tarqalmaganlari va sel kabi oqqan unsurlarning firtinalari ichida vaziyatlarini muhofaza etib tarqalmasliklari va muntazam ravishda turishlari, bilbadoha o’z-o’zlaridan bo’lmasdan, balki sirri qayyumiyatla bo’lganidan; har bir jasad muntazam bir bo’linma, har bir navi muntazam bir qo’shin hukmida bo’lib butun zihayot va birikmalarning zamin yuzida va yulduzlarning fazo olamida turishlari va kezishlari kabi, bu zarralar ham hadsiz tillari ila sirri qayyumiyatni e`lon etadilar.

Ikkinchi Masala: Ashyoning sirri qayyumiyatla munosabatdor foydalarining va hikmatlarining bir qismiga ishorat etishni, bu maqom iqtizo etadi.

Ha, hamma narsaning hikmati vujudi va g’oyayi fitrati va foydayi hilqati va natijayi hayoti uch naviga boqadi:

Аудио мавжуд эмас