Lemalar lot | O’ttizinchi Lam`a | 40
(1-50)

Birinchi Navi, o’ziga va insonga va insonning foydalariga boqadi.

Ikkinchi Navi, yanada muhimroqdirki: Hamma narsa, umum zishuur mutolaa etib biladigan va Fotiri Zuljalolning jilvayi asmosini bildiradigan biror oyat, biror maktub, biror kitob, biror qasida hukmida bo’lib ma`nolarini hadsiz o’quvchilariga ifoda etishidir.

Uchinchi Navi esa, Soniyi Zuljalolga oitdir, unga boqadi. Hamma narsaning foydasi va natijasi o’ziga boqqan bir bo’lsa, Soniyi Zuljalolga boqqan yuzlabdirki, Soniyi Zuljalol o’z ajoyibi san`atini o’zi tomosha etadi; o’zining jilvayi asmosiga, o’z san`atlarida boqadi. Bu a`zamiy uchinchi navida, bir soniya qadar yashamoq yetarlidir.

Ham hamma narsaning vujudini iqtizo etgan bir sirri qayyumiyat borki, Uchinchi Shu`ada izoh etiladi.

Bir zamon tilsimi koinot va muammoyi hilqat jilvasi ila mavjudodning hikmatlariga va foydalariga boqdim, dedim: "Ajabo bu ashyo nima uchun bunday o’zini ko’rsatadilar, tez yo’qolib ketadilar?" Ularning shaxsiga qarayman; muntazam, hikmatli kiyingan, kiydirilgan, bezantirilgan, sayrgoh tamoshogohga yuborilgan. Holbuki bir ikki kunda, balki bir qismi bir necha daqiqada yo’qolib; foydasiz bo’sh-bo’shiga ketmoqdalar. Bu qisqa zamonda bizga ko’rinishlaridan maqsad nimadir? deya ko’p qiziqar edim. U zamon mavjudodning, xususan zihayotning dunyo darsxonasiga kelishlarining muhim bir hikmatini lutfi Ilohiy ila topdim. U ham shudir: Hamma narsa, xususan zihayot, g’oyat ma`nodor bir kalima, bir maktub, bir qasidayi Rabboniydir; bir e`lonnomayi Ilohiydir. Umum zishuurning mutola`asiga mazhar bo’lgandan va hadsiz mutola`achilarga ma`nosini ifoda etgandan so’ng, lafzi va harfi hukmidagi surati jismoniyasi yo’qoladi. Bir yil qadar bu hikmat menga yetarli keldi. Bir yildan so’ng masnuotda va bilxossa zihayotlarda bo’lgan ko’p horiqo va juda nozik san`atning mo’`jizalari inkishof etdi. Tushundimki: Bu juda nozik va juda horiqo bo’lgan nozik san`atlar, yolg’iz zishuurlarning nazarlariga ifodayi ma`no uchun emasdir. Garchi har bir mavjudni, hadsiz zishuurlar mutola`a eta oladi. Faqat ham ularning mutola`asi cheklangandir, hamda harkas u zihayotning butun nozik san`atiga tushuna olmaslar. Demak zihayotlarning eng muhim natijayi hilqati va eng buyuk g’oyayi fitrati, Zoti Qayyumi Azaliyning o’z nazariga, o’z ajoyibi san`atini va bergani rahimona hadiyalarini va ehsonlarini arz etmoqdir. Bu g’oya esa, ko’p zamon menga qanoat berdi va undan angladimki: har mavjudda, xususan zihayotlarda hadsiz nozik san`atlar bo’lishi, Zoti Qayyumi Azaliyning nazariga arz etmoq, ya`ni Zoti Qayyumi Azaliy o’z san`atini o’zi tomosha etmoq bo’lgan hikmati hilqat, u buyuk masraflarga yetarli kelar edi. Bir zamon so’ng ko’rdimki: mavjudodning shaxslarida va suratlaridagi nozik san`atlar davom etmaydi; g’oyat tezlik bilan o’zgaradi, almashinadi; nihoyatsiz bir faoliyat va bir xoliqiyat ichida o’zgaradilar. Bu xoliqiyat va bu faoliyatning hikmati albatta u faoliyat darajasida buyuk bo’lmog’i lozim keladi, deya tafakkurni boshladim. Bu daf`a mazkur ikki hikmat yetarli kelmaslikni boshladilar, nuqson qoldilar. G’oyat maroq ila boshqa bir hikmatni qidirishni va taftishni boshladim. Bir zamon so’ng, lillahilhamd Qur`oni Mo’`jizul Bayonning fayzi ila, sirri Qayyumiyat nuqtasida azim hadsiz bir hikmat, bir g’oya ko’rindi. Va uning ila "tilsimi koinot" va "muammoyi hilqat" ta`bir etilgan bir sirri Ilohiy tushunildi. (Yigirma To’rtinchi Maktubda tafsilan bayon etilganidan, bu yerda yolg’iz ijmolan ikki-uch nuqtasini Uchinchi Shu`ada zikr etamiz.)

Аудио мавжуд эмас